Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
165
Zamona ahli vafo tarkin aylamish demangiz
Ki, bu zamonda yo‘q amri vafo kebi matruk.
Firoq shomiki,
kiydi qora, yoyib sochin,
Jahonda tutti hamono vafo azosig‘a suk.
Falak vafog‘a azo tutqan o‘lsa ahli vafo,
Tirik netib yurugaylar jamoati mafluk.
Ketur qadahki, vafo lofini malak ursa,
Mening qoshimda shak ermaskim ul erur mashkuk.
Navoiy anglaki,
bobi vafo yozilmaydur,
Agar Fususdurur, gar Nususu yo‘qsa Fikuk.
323
Vasli iqbolin manga tekmas tamanno aylamak,
Basdurur umrumda bir husnin tamosho aylamak.
Xat labingdin jon fizo,
ul xat labingdin ruh baxsh,
Istamon afsonai Xizru Masiho aylamak,
Berma ul qomatqa har yon jilva, elning joni bor,
Vah, nedur ham dam qiyomat oshkoro aylamak.
Bo‘lmag‘on bo‘lsa ayon qasrig‘a
pinhon borganim,
Ne edi ko‘yida itlar kecha g‘avg‘o aylamak.
Bir pariy ishqi meni bu nav’ shaydo qilmasa,
Bo‘lmas o‘zni oshiqu devona amdo aylamak.
Jon berib zulmin chu topmon jon toparg‘a vaslini,
Bas tamannoni maholidur tamanno aylamak.
Zuhddin badhol edim, xushvaqt o‘ling, ey ishq dami,
Sizga yetgay elni mundoq mastu rasvo aylamak.
Olam ahlidin tavaqqu’ aylamak
ahdu vafo,
Zahrdin hayvon suyi bo‘lg‘ay tavallo aylamak.
324
Ko‘zda yoshim evrulur sargashta Majnun yoshidek,
Aylanur boshim dog‘i qon ichra har dam boshidek.
Qo‘rqaramkim, tashlag‘ay ul sho‘x ko‘yidin yiroq
Kim, boshim aylandurur davron faloxun toshidek.
Bir-biri ichraki yolar ko‘rguzur qavsi quzah,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: