Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
299
Bag‘rimni toza kuydiradur dog‘i furqati.
Ul yuzga bu havoyi sargashta mehrining,
Xurshid birla zarracha bor elga shuhrati.
Bir bul’ajab musha’bid erur piri maykada,
Dayr ichra turfa mug‘bacha har sari lu’bati.
Fard o‘l, Navoiyoki, bajuz ranj naf’i yo‘q,
Har kimki olam ahli bila bo‘lsa ulfati.
587
Orazing ko‘rmakka, jono,
muntazir erdim har oy,
Bir zamonlig‘ intizorim ul bir oydin o‘tti, voy!
Ul ko‘z o‘q otmoqni varzish qilmas ersa, ne uchun
Bog‘lamish mehrob shakli birla mushkin ikki yoy!
Subhi iqbolimg‘a chekti shomi mehnat pardasin,
Yuz
uza zulfungki, kofur uzra bo‘ldi mushksoy.
G‘unchadek ko‘nglumni ochqan bo‘lsa tig‘ing chok etib,
Tong emasturxim, bo‘lur doim ravon savdo kushoy.
Senki, bazmi aysh aro har dam qilursan qah-qaha,
Ne g‘aming andinki, yig‘larmen g‘amingdin hoy-hoy.
Sofi
ishrat dayr aro ichkan zamon, ey mug‘bacha,
Gohi ehson qil gadolar sari ham bir qatra loy.
Ko‘kta oyg‘a yo‘q Navoiy mayli zohir bo‘lg‘ali,
Moviy yog‘liqdin yuzungnung partavi, ey ko‘rkaboy.
588
Erur serob andoq otashin guldin yuzung bog‘i
Ki, qilmish jilva o‘t birla sudin bir toza yafrog‘i.
Taxayyul birla nozuk soiydin gar to‘lg‘asam, tomg‘ay
Hal o‘lg‘an siym andoqkim, uzulsa inju qo‘lbog‘i.
Kesak ko‘yida yanchib asraram ko‘z pardasi ichra,
Keturgandek birov kog‘azg‘a chirmab Ka’ba tufrog‘i.
Emas gulbunda navras g‘uncha
yo xamliq tikan har yon
Ki, bulbulnung qolibtur anda tumshug‘ birla tirnog‘i.
Xo‘yi ruxsori yodi birla bo‘lmish muztarib ko‘nglum,
Balig‘ yanglig‘ki, gavharning maqomi bo‘ldi qursog‘i.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: