Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
349
Rahmatidin dog‘i bo‘lma novmid,
G‘azabidin dog‘i vahm et jovid. 
Mulku kishvar eliga dod ayla,
Adl ila ikkisin obod ayla. 
Tengri yodi chu sanga bo‘ldi hisor,
Dod ila adl ulus birla shior. 
Chu bular bo‘ldi, o‘zingni xush tut,
Har bahona bila ko‘nglungni ovut. 
Bir nafas ayshdin o‘lma g‘ofil
Ki, jahon mulki erur behosil. 
Bo‘lmag‘il hech nafas g‘aflat ila,
Adl qil, yo‘q esa bo‘l ishrat ila. 
Xar nafas vasfini etmak bo‘lmas,
Chun o‘tar, gardig‘a yetmak bo‘lmas. 
Chu falak boisi g‘amdur, xush bo‘l,
Siym poshandiyu sog‘arkash bo‘l. 
Elga sendin chu yetar osoyish
Tengridnn ayla tama’ baxshoyish. 
Ki, qilib lutf etgay hayyi g‘afur
Duniyu oxiratingni ma’mur. 
II 
Soqiyo, tut manga jomi mayi nob,
Jomi may demaki, la’li serob. 
Rangi yoqut suyidin timsol,
Qaysi yoqutki, la’li sayyol. 
Dami Iso kebi kayfiyat anga,
Obi hayvon kebi xosiyat anga. 
Ki, manga bersang ani, sipqarayin,
To dame mast o‘lub o‘zdin borayin. 
Ki, meni shohi zamon hijroni
Uyla qilmishkn, deyolmon oni. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
350
Shohi Jam qadr zamon ichra badi’,
Har badi’ ishta makon ichra rafi’. 
«Xamsa» ichraki, anga har bir harf
Bahr erur, zimnida yuz durri shigarf. 
Dostonlarki, nigorish qildim,
Aning otig‘a guzorish qildim. 
Ayladim pand tariqida g‘ulu,
Yuz tuman foydalardin mamlu. 
Yed tutmish edi shahzoda barin,
Bilib erdi shahi ozoda barin. 
Onsizin pand anga hojat emas,
Aqli kull ollida el pand demas. 
Qaydakim, bo‘lsa xudo yori aning,
Poklar ruhi madadkori aning. 
Kosh ayyomi visolin ko‘rsam,
Yana bir qatla jamolin ko‘rsam. 
III 
Soqiyo bodai mastona ketur,
Dayrdin bodaparastona ketur. 
Uyla maykim, chu ko‘rub bodaparast,
Ichkucha atridin o‘lg‘ay sarmast. 
Nash’ai baxsh uylaki ohangi «Iroq»,
Talx ul nav’ki, xunobi firoq. 
Mutribo, sen dog‘i ohange tuz
Lahnida rangi Husayni ko‘rguz. 
Ham Husayni so‘zidin rangi g‘arib,
Ham g‘aribi damidin bayti ajib. 
Soz aylab, meni ham shod aylang,
Bir nafas qayg‘udin ozod aylang. 
Shohlar nodiri atvor ichra,
Nuktayu diqqatu ash’or ichra. 
Qildi chun tengri muloyim ani,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin