Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
347
SOQIYNOMA 
 
1 
Soqiyo, tut qadahi shohona,
Qatrasi la’l vale yakdona. 
La’l koni kebn xumdin chiqibon,
La’li yakdona o‘zumdin chiqibon. 
Rangi o‘tda qizig‘an na’l kebi,
Tobi shoh afsarida la’l kebi. 
Ruhg‘a lam’asidin nuru safo,
Tobidin hurg‘a yo‘q satru xafo. 
Jom darxo‘r anga ka’si xurshid,
Dema xurshidki, jomi Jamshid. 
Bo‘lsa chun bazmda xud Jamshid zamon,
Taxti zarkor uza xurshid makon. 
Shohlar ollida chovush yanglig‘,
Aql aning darkida behush yanglig‘. 
Tobi’i roy ila hukmi xonlar,
Amri ma’muri bo‘lub sultonlar. 
Taxti oliy bu biyik toramdin,
Xayli ko‘prak bu qalin anjumdin. 
Tutsa anda chu shafaqgun mayi nob,
Jomi miynoyi aro la’li muzob. 
Ushbu maykim, ani ta’rif ettim,
Zikrin aylarda-o‘q o‘zdin kettim. 
Shah ani Xizr suyidek yutsa,
Menga ham durdi jomin tutsa. 
Bodano‘sh o‘ldi chu hamdastona,
Arz qilsam necha so‘z mastona. 
Q-ey ulus xoni, shahi charx janob,
Xotiring bahru kafing misli sahob. 
Bevafodur falaki buqalamun,
Sozu ohangiga yo‘q bir qonun. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
348
Yo‘q baqo joh ila shavkatga dog‘i,
Yo‘q vafo umr ila davlatqa dog‘i. 
Shukr angakim, qilibon shoh seni,
Qildi har nuktadin ogoh seni. 
Ko‘rki, har shahki, yurub oldi jahon,
Barcha bordumu qora yerda nixon. 
Ham Kayumars ila Hushang qaii,
Ikkiga toj ila avrang qani! 
Qani Jamshidu Faridun oxir,
Birini qo‘ydimu gardun oxir! 
Ne Kayoni boru ne Sosoniy,
Ne Skandar dog‘i ne Ashkoniy. 
Qolmadi Rustam ila Som dog‘i,
Yazdi jurd o‘ttiyu Bahrom dog‘i. 
Qani xonlar xoni Chingizxon,
O‘kdoy qaniki, erdi qoon. 
Qani Temur — shahi islompanoh
Ki, jahon oldi, chekib xayli sipoh. 
Jaddu obo sanga avlodi qani,
Og‘a-ini sanga ahfodi qani. 
To falak bildi taaddi fanini,
Qaysidin olmadi o‘z berganini! 
Kimga berdi quyosh avjida nashas! 
Kim yana qilmadi tufroqqa past. 
Kimga bir no‘sh ila yetkurdi bahr,
Kim yana tutmadi yuz sog‘ari zahr. 
Yo‘q, bu ish johilu donog‘a borur,
Bahs bal Xizru Masihog‘a borur. 
Chun bu ma’ni bu sifat topti ravo 
Kim, ne shah qolg‘usi boqiy, ne gado. 
Tengri yodini unutma bir dam,
O‘zni g‘ayridin ovutma bir dam. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin