Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
351
Asradik hifzida doim ani. 
Ruhparvar so‘zi bo‘lsun o‘zidek,
Ruhgustar o‘zi bo‘lsun so‘zidek. 
IV 
Soqiyo, tut qadahi molomol,
Rangi xunob sirishkimdek ol. 
Poklar ishqi kebi nash’asi tez,
Sho‘xlar husni kebi sho‘rangez. 
Qatrasi la’l vale rummoni,
Qaysn rummon, degil ardistoni. 
Manga berkim, chu ani qilsam no‘sh,
Zoyil o‘lsun xiradu donishu hush. 
So‘ngra ul koni latofatqa tutay,
Qurratul-ayn xilofatqa tutay. 
Ul dog‘i ichtiku hushxol o‘ldik,
G‘amu mehnat anga pomol o‘ldik. 
Tokim ul boda bila topqach kom,
Har taraf azm etibon qilsa xirom. 
Har nekim komi muyassar bo‘lsun,
Barcha a’dog‘a muzaffar bo‘lsun. 
V 
Soqiyo boda ketur yoquti,
Ruhning quvvati, jonning quti. 
Ta’m anga sharbati hijron yanglig‘,
Lavn anga la’li Badaxshon yanglig‘. 
Lojuvardi qadah ichra ani sol,
Charxi miynoda shafaq ayla xayol. 
Boqibon qubbatul islom sari,
Ichusun ushbu g‘am oshom sari. 
Ulki Haydar otidur, xulqi hasan,
Har nekim qilsa, bari mustahsan. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
352
To abad hashmatidin topsun kom,
Mulki islomda ahli islom. 
VI 
Soqiyo, jomi labo-lab tutqil,
Adab asrayu muaddab tutqil. 
Bodaekim, necha yetkursa tarab,
Ortqay tab’ig‘a ta’zimu adab. 
To boqib Marv sari bosh urayin,
Boshni ko‘k manzaridin oshurayin. 
Sanjari mulkiga bo‘lg‘an voris,
Sanjari soniyu balkim solis. 
Yodi birla tutay o‘zni bir dam,
Bu g‘amobod jahonda xurram. 
Shohi Abulmuhsin, farrux diydor,
Umr ila davlatidin barxurdor. 
VII 
Soqiyo, bodai gulfom ketur,
Mayi gulrang solib, jom ketur. 
Bodakim, ruh dedi ani hakim,
Ruh quti atadi tab’i salim. 
Xovaron lolasidek oltun jom
Kim, anga tushsa bu rohi gulfom. 
Hay’at ichra guli ra’no bo‘lg‘ay,
Ichsa Shahzoda, muhayyo bo‘lg‘ay. 
Jomi to hashr labo-lab bo‘lsun,
Necha sipqarsa, yana ham to‘lsun. 
VIII 
Soqiyo, tut qadahi shavqangez,
Su kebi sofiyu o‘t yanglig‘ tez. 
Suyi kavsar suyidek jon afruz,
O‘ti do‘zax yolinidek purso‘z. 
To ichib, arbada bobin ochayin,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
353
Hayrmand arig‘idek kaf sochayin. 
No‘sh etay charxning imdodi bila,
Nimro‘z ahli shahi yodi bila. 
Ta’big‘a barcha nihonlar ma’lum,
Garchi may no‘sh va lekin ma’sum. 
Kishvari Zobil anga arzoni,
Rustami Zol taqi darboni. 
IX 
Soqiyo, jomi hiloli tutqil,
Boda xurshid misoli tutqil. 
Lavn anga la’li Badaxshon yanglig‘,
Lam’ai xurshidi duraxshon yanglig. 
Qatrasi axtari raxshanda kebi,
Chun tomib barqi duraxshonda kebi. 
Ham o‘shul jomi hiloli bila tut,
Boxtar shohi xayoli bila tut. 
Aqli har ishta raso, tab’i salim
Kim, erur naqdi Husayn Ibrohim. 
Mulk aning adlidin o‘lsun bo‘ston,
Bar hadi kishvarining Hindiston. 
X 
Soqiyo, tut mayi farxunda asar,
Farrux oyin qilib oltun sog‘ar. 
Ani ichkan kishi tark aylab hush,
Nukta surgay, nechakim bo‘lsa xamu 
Kamsuxan elni suxanvar qilg‘ay,
Har so‘zin uylaki, gavhar qilg‘ay. 
Ichsa, bo‘lg‘ay shahi farxunda maosh
Ilgi zarposhu tili gavharposh. 
Komi andoqki, keraktur hosil,
Shoh iqbolidin o‘lsun yuz yil. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin