Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
369
Berdi yo‘l
ravzai jannat sari,
Men tushub do‘zaxi furqat sari.
So‘gvor o‘lmisham ofoq ichra,
Motami charxi ko‘han toq ichra.
Kimga bu nav’ kishilar ketgay,
Ul qolib, noladin o‘zga netkay.
Bo‘lmag‘ay mehnatu dardimig‘a adad,
Bo‘lmasa ruhidin ummidn madad.
Topa olmon meni oshufta mnzoj
Bodadin o‘zga bu dardimg‘a iloj.
XXVII
Soqiyo,
pahlaviy oyin may tut,
Pahlaviy lahn ila ko‘nglumni ovut.
Pahlavonona ketur sog‘ari jarf,
Quyubon maydin anga bahri shigarf.
Berki, tarki xiradu hush qilay,
Pahlavon yodi bila no‘sh qilay.
Ul tariq ahlig‘a shohu sarxayl,
Bal tariqatda mute’i har xayl.
Mehrvash toram tafrid ichra,
Isaviy martaba tajrid ichra.
Quvvat ichra anga o‘n pilcha zo‘r,
Xokvashlig‘ aro yuz onchaki mo‘r.
Xonida charxvash afrod g‘ulu,
Barchag‘a havsala andin mamlu.
Rizq uchun da’bi gadolarg‘a navo,
Tutubon barchag‘a lek o‘zni gado.
Ne’matobod
chu bunyod qilib,
Xalqni ne’mati obod qilib.
Har gado ilgida bir qursi fatir,
Isig‘ ul nav’ki, bir mehri munir.
Tavri har fanda kelib mustahsan,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: