Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
373
Qavmi-qavm ichra ko‘rub mehnatlar,
Xayli-xayl ichra chekib shiddatlar.
Yuzlanib shavkatu,
johu iqbol,
Qismatim bo‘ldi base mansabu mol.
Har ne el qildi talab, men toptim,
Barchadin
silkib etak, ko‘z yoptim.
Ulcha men topqali bor erdi havas
Kim, topilmadi vafo erdiyu bas.
Bir vafo kimgaki, men
qildim fosh,
Yuz jafo o‘truda erdi podosh.
Ko‘z aning yo‘lig‘akim, yetkurdum,
Ko‘zda yuz nesh balosin ko‘rdum.
Qaysining ollidakim, qo‘ydum bosh,
Yog‘di boshimg‘a jafosidin tosh.
Kimki madhini dedi necha tilim,
Tiladi qilg‘ay ani necha tilim.
Ulki, avsofi manga o‘ldi raqam,
Istadi aylamak ilgimni qalam.
Ko‘rguzub mehr,
jafo yetti manga,
Jon berib, dardu balo yetti manga.
Olam ahlida chu yo‘q ahli vafo,
Aylaram men dog‘i jonimg‘a jafo.
Chun bir ish mumkin emas olamda,
Yo‘q emish jinsi bani odamda.
Garchi
men dard chekib, g‘ussa yutay,
O‘zni ne nav’ ul ish ahli tutay.
Da’vii kizb qilib o‘z so‘zuma,
Qiladurmen tuhmat o‘z-o‘zuma.
Bir vafo ahli agar dahrda yo‘q,
Dashtu vodi eliyu shahrda yo‘q.
Bu sifat sohibi men basdurmen,
Bevafolar kebi ermasdurmen.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: