Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
46
Qadam ursam ushbu iki yo‘lg‘a men,
Nekim borcha debdur, demish bo‘lg‘amen.
Bo‘lub garm ne harza so‘zlar dedim,
Magar mast edim, yo‘qsa majnun edim.
Bu damkim xirad mendin ogohdur,
So‘zum borcha astag‘firullohdur.
Haq etgay munga dog‘i ilgim qaviy
Ki, bo‘lg‘aymen ul xaylning payravi.
Alardin
qachon yetmaguncha madad,
Manga noma sabt etgali qayda hadg‘
Agarchi bu so‘zni ulus kam bilur,
Vale men bilurmen, Xudo ham bilur.
Ki, aylab yarim tunlar uyqu harom
Ki, Haq sajdasig‘a qilurmen qiyom.
Alarning ravoni puranvorig‘a,
Bu birning dog‘i quvvati korig‘a
8
,
Qilib
fotiha xatmi ixlos ila,
Ko‘zum bahrida jismi g‘avvos ila,
Qilurg‘a niyozimning isbotini,
Tutub boshqa-boshqa alar otini,
Tazallum yuzidin tazarru’ qilib,
Madad har biridin tavaqqu’ qilib.
Bulardin so‘ng ilgimga olib qalam,
Nekim xotir istar qilurmen raqam.
Ishim tobu
oshubi pinhon emas,
Qalam safhag‘a qo‘ymoq imkon emas.
Bular yo‘qki, har kimki nazme demish,
Va yo bu jamoatqa doxil emish.
Borig‘a niyozu duodur ishim,
Alardin madad muddaodur ishim.
Chekarmen alar jomi shavqini xush
9
,
Vale pir Jomiyg‘a men durdkash.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: