Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
Ketur soqiyo, ul kayoniy qadah, 
Tag‘oreki, degaylar oni qadah 
Ki, og‘zimg‘a quyg‘on dam-o‘q sipqoray, 
Og‘iz andin olg‘och, o‘zumdin boray! 
Mug‘anniy, surudi harifona chek, 
Bir un birla tek turmag‘il, yona chek! 
Dema so‘z, meni ayla mastu xarob 
Ki, tongla so‘z ayturg‘a qilg‘um shitob! 
Navoiy, necha soqiyi shangdur
Mug‘anniy dog‘i dilkashohangdur. 
O‘zung asrag‘aysen ichar chog‘da roh 
Ki, kulliy ish ollingg‘a tushmish saboh! 
IX
Aningdekki, anbiyoi mursal anjumani anjumig‘a Muhammadi arabiy «ayni»din quyoshliq ayon bo‘ldi, 
salotini oliy xaylida dog‘i Shohi g‘oziy
1
 vujudi bojudidin hamul hol zohir bo‘lg‘ondin shammae zohir 
qilmoq xalladallohu mulkahu va sultonahu va a’lo shonahu
Azal subhikim, mavj urub bahri jud
Berib ofarinishqa naqshi vujud. 
Raqam topibon charxi miyno dog‘i, 
Aning javfida jirmi g‘abro dog‘i. 
Vale ko‘pragi suvg‘a maqrun bo‘lub, 
Bashar ma’mani rub’i maskun bo‘lub. 
Yasab chunki ham do‘zaxu ham bihisht, 
Basharni qilib zishtu zebosirisht 
Ki, el qismi komu balo aylagay 
Kim, ul iki uyni
2
to‘lo aylagay. 
Bu suratqa bo‘lg‘och azaldin qazo, 
Qazo elga bu nav’ etib iqtizo 
Ki, bo‘lg‘ay tafovut aroda base, 
Bu bir to‘biyi ravza, ul bir xase. 
Zaruratki, atvor o‘lub muxtalif


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
48
Har el bir sifatqa bo‘lub muttasif. 
Jahon ichra g‘avg‘oyi xayli bashar, 
Nizo’ uzra solg‘ay base sho‘ru shar. 
Agar bo‘lsa ba’zig‘a ogohlig‘, 
Bo‘lub lek ko‘prakka gumrohlig‘. 
Solurg‘a zalolat tuniga ziyo, 
Alar ichra irsol etib anbiyo. 
Keraklik uchun zabtu oyin dog‘i, 
Qilib nasb alarg‘a salotin dog‘i. 
Vale anbiyo ichra andoqki, shoh 
Muhammad kelib, o‘zga – xaylu sipoh. 
Aning ummatidin salotinda ham, 
Birov keldi shoh, o‘zga bori xidam. 
Qayu shohkim, dovari taxtgir, 
Ne dovar, shahanshohi gardunsarir. 
Bori shohlarning sarafrozi ul, 
Shahi shar’oyin Abulg‘ozi ul. 
Vujudidin ofoq aro zebu zayn
Ulus xon bin xoni Sulton Husayn
3

Otig‘a qazo: «doma ihsonahu», 
Yozib «xalladallohu sultonahu»
4

Jahon xalqidin poki zoti g‘araz, 
Bu javhar kelib, ofarinish – araz. 
Bu a’roz aro javhari zot anga, 
Qilib pok gavharlik isbot anga. 
Jahon durji ichra samin gavhar ul
Sipehr avji uzra munir axtar ul. 
Bo‘lub qadri bog‘i falak olami, 
Munir anjum ul bog‘ning shabnami. 
Dema bog‘, farrux shabiston degil, 
Bu shabnam bila kavkabiston degil. 
Ne kavkab, ani jolai nob de, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin