Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
Yana dahr Turonni
24
qildi aziz
Ki, nisbatda Parvezg‘a erdi qiz.
Jahon oldi Parvezi Bahrom
25
ham,
Qo‘lig‘a tutub tig‘ ila jom ham.
Yana bo‘ldi Ozarmi
26
afsarparast
Kim, ul topti Turon yeriga nishast.
Yana
Farrux
27
oldi jahon kishvarin,
Solib adl aro tab’i donishvarin.
Yana Yazdijird
28
oldi mulku diyor,
Ki, derlar laqabda ani Shahriyor.
Qayu birki mulk oldi topti surur,
Mubaddal sururig‘a bo‘ldi g‘urur.
Jahon mulkin o‘z
mulki qildi gumon,
Gumoni hamon erdi – ketmak hamon.
Qutuldi alar dahr ozoridin,
Ketib bori, qoldi jahon boridin.
Ayoqchi, manga jomi shohona tut,
Tugangan soyi to‘ldurub yona tut!
Chu ketgumdurur, dahr bazmi qolib,
Ketay bori komimni maydin olib.
Mug‘anniy, surud
aytibon rud tuz,
Vafosiz jahon birla padrud tuz!
Chu ketmaklik andin erur noguzir,
Dame xushdil o‘lmoq erur dilpazir.
Navoiy, bu yanglig‘ emish dahr ishi,
Vafo ko‘rmamish hargiz andin kishi.
Kishilik budurkim, unutsang ani,
Chu
tarking qilur, tark tutsang ani!
XV
Iskandar dostonining og‘ozikim, haq anjomig‘a yetkurg‘ay va tarixining iftitohikim, Tengri ixtitomi
raqamin surgay va aning nasabida ixtilofkim, tarix ahli qilmishlar va ul ixtilofni raf’ etib, ahli tahqiq
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: