www.ziyouz.com
kutubxonasi
65
ishining haqiqatin bilmishlar va malik Faylaqusning dori baqog‘a ketgani va Iskandarning mulki foniy
taxtin maqom etgani
Nigor aylagan naqshi rumiytiroz,
Ochib parda, bu nav’ ko‘rguzdi roz
Ki, bu to‘rt xayliki topti ado
Ki, ko‘k toqig‘a soldilar ko‘p sado
1
Ki, davronlari to‘rt ming uch yuz il,
Yana o‘ttuz oltiyu o‘n oy bil.
Bu muddatda kimdinki osor edi
Ki, kishvarkusho bal jahondor edi.
Topib besh yuzu balki ming yil amon,
Bu muddatda mahkumi – ahli zamon.
Qilib ulcha xotirg‘a kelgancha ish,
Alarg‘a nasib o‘lmadi oncha ish.
Ki, oz vaqt aro shohi Yazdonparast,
Skandarga ofoq aro berdi dast.
Bilingay, deyilganda bir-bir ishi
Ki, xalq etmadi Tengri andoq kishi.
Bu mujmalki vasf ayladim zotini,
Qilay emdi borining isbotini.
Hamul to‘rt xayliki yozdim sutur,
Ikidin so‘ng
2
Iskandar etti zuhur.
Kayoniylar o‘lg‘onda bir-bir nihon
Ki, Doroyi Bahmang‘a qoldi jahon.
Mubohot etib taxt ila toj anga,
Berurlar edi shohlar boj anga.
Bu fursat aro voliyi Rumu Rus,
Shahe erdi oti malik Faylaqus.
3
Malikvash kelib har sifoti aning,
Malakvash vale pok zoti aning.
Nizomiyki nazm ahlig‘a shoh edi,
Bu shah sarguzashtidin ogoh edi,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
66
Kitobida der chog‘ nishonin aning,
Bu yanglig‘ dedi dostonin aning
Ki, nasl ichra yo‘q erdi payvand anga,
Murod erdi olamda farzand anga.
Bu savdo solib jismig‘a pech-pech,
Gum o‘lmas edi ul tamannosi hech.
Magar bir kun ovdin olib ko‘ngli bahr,
Tarab birla aylab edi azmi shahr.
Ko‘rundi yo‘li uzra vayronae,
Yo‘murgan falak zulmi koshonae.
Toshi xastalar ko‘ngli yanglig‘ sinuq,
Ichi motamiylar ichidek buzuq.
Bu vayrona ichra shahi baxtiyor,
Sabosayrini surdi beixtiyor.
Ko‘rarkim, qo‘yub haml bir homila,
Qarin qolmayin ruh anga jism ila
4
.
Yotib ollida tifli zoru zabun,
Chekib gah-gahe yig‘lag‘on yanglig‘ un.
Bo‘lub shomi rihlat anoning kuni,
Kelib gohu gah yo‘q – o‘g‘ulning uni.
Uniga bukim yig‘lamog‘ni qotib,
Ano so‘gi5 oni magar yig‘lotib.
Solib chun alarg‘a nazar Faylaqus,
Degil tushti ko‘ngliga nori majus
6
.
Buyurdiki, mahramvash el yettilar,
O‘lukni hamul yerda dafn ettilar.
O‘zi tiflni oldi e’zoz ila,
Qilur erdi parvarda yuz noz ila.
Skandar atab, o‘g‘li bildi ani,
O‘larda valiahd qildi ani.
Muarrix yana nav’ ham surdi so‘z
Ki, nisbatda Dorog‘a yetkurdi so‘z
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |