Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
81
Atomni agar lutf aylab Iloh, 
Bu kishvar uza ayladi podshoh. 
Hamono bu ishga sazovor edi, 
Bu yuk chekkali quvvati bor edi. 
V-ar obovu ajdodima qildi Haq, 
Bu mulk ahlig‘a hukmronliq nasaq. 
Alar dog‘i zeboi taxt erdilar, 
Tavonou feruzbaxt erdilar. 
Vale men erurmen bag‘oyat haqir, 
Dog‘i saltanat amri behad xatir. 
Bu ishga keraktur tavono kishi, 
Yemas men kibi notavono ishi. 
Yerur tortmoq sher chekkonni mo‘r, 
Yukin pilning aylamak pashsha zo‘r
1

Ne bor shahlik aylarga niyat manga, 
Ne aylay desam qobiliyat manga. 
Bu taklifdin chunki ranjurmen, 
Agar aylasam tark – ma’zurmen. 
Chu men ayladim ajzim izhorini, 
Bu andeshadin ko‘nglum ozorini. 
Siz emdi o‘zunguzga shohe toping, 
Bu kishvarg‘a kishvarpanohe toping. 
Har ishta zamon ahlining foyiqi 
Ki, to bo‘lg‘ay ul shohlig‘ loyiqi. 
Quyoshdek qaviymehru ravshanzamir, 
Va gar chiqsa ashhabqa ofoqgir. 
Adolat aro fasli navro‘zdek, 
Siyosatda barqi jahonso‘zdek. 
Iriklik chog‘i xasmg‘a chorasoz, 
Qotig‘liq mahalli raiyatnavoz
2

Anga taxtu davlatni maskan qiling, 
Boshin toj birla muzayyan qiling 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
82
Kim, ul yog‘durub abri ehsonini, 
Yeramdek qilib mulk bo‘stonini. 
Adu xaylin oshuftahol aylasun, 
Sanam zulfidek poymol aylasun. 
Necha shu’lai fitna yoqsa aduv, 
Qilich selidin ursun ul o‘tqa suv. 
Raiyatqa qilsa qalamzan sitam, 
Qalamzanning ilgini qilsun qalam
3

Musofir yo‘li rishtasin uzmasun, 
Qaroqchi qarosini ko‘rguzmasun. 
Qilib zabt ila mahkam o‘g‘ri yo‘lin, 
Ulus molidin qisqa qilsun qo‘lin. 
Adam aylasun zulm ta’limini, 
«Lam»i jahd etib «lom» ila «mim»ini
4

Adolat qilurning topib holatin, 
Fuzun qilsun elga aduv olatin. 
Nekim Haq buyurmish, bo‘lub payravi, 
Haq aytur ulus ilgin etsun qaviy. 
Berib zulmgustarga farsudaliq, 
Raiyatqa yetkursun osudaliq». 
Tugatgach so‘zin shohi ravshanzamir, 
Ulus chektilar har tarafdin nafir 
«Ki, ey xusravi odili dodgar, 
Nega aylading bizni faryodgarg‘ 
Yetar chog‘da adlingdin elga navo, 
Bu yanglig‘ nedin zulm ko‘rdung ravog‘ 
Ne so‘zlar edikim bayon aylading 
Ki, bu xalq bag‘rini qon aylading. 
Bu so‘zlar deguncha, oqiz qonimiz 
Ki, bo‘lsun yo‘lungda fido jonimiz! 
Sen o‘lg‘uncha bu el boshidin yiroq, 
Yiroq bo‘lsalar jonidin yaxshiroq. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin