Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
86
Kavokib topib ul yoruqdin zarar,
Bori uchtilar ul sifatkim sharar.
Skandar yana taxtin aylab maqom,
Xaloyiqqa hukm ayladi bori om.
Ulus qildilar xizmatig‘a hujum,
Quyosh tegrasida nechukkim nujum.
Yig‘ilg‘och
ulus shah qilib ibtido,
Xaloyiqqa so‘z mundoq etti ado:
«Ki, berdi manga dodgarlik Iloh,
Bor ersa xaloyiq aro dodxoh,
Kelib
ollima arzi hol aylasun,
O‘z ahvolini qiylu qol aylasun!
Qoshimda so‘zin arz aylar zamon,
Meni bir o‘zi yanglig‘ etsun gumon.
Ne taxtimdin o‘lsun anga dahshate,
Ne tojimdin o‘lsun anga vahshate.
Ne
shah deb meni aylasun iztirob,
Ne maqsud adosida qilsun shitob.
Ayon aylasun reshi dardu g‘amin,
Yoqay dod bermak bila marhamin».
Ulus boshladi arzi hol aylamak,
Skandar bila qiylu qol aylamak.
Sahardin anga tegrukim istivo,
So‘rub, xalq dardig‘a qildi davo.
Kishi qoni to‘kkanni bo‘ynin urub,
Qo‘lin kestururning, qo‘lin kesturub.
Berib dod mazlumi g‘amxorag‘a,
Qilib rahm marhumi bechorag‘a.
Qilib
zulm ahlin qaro yerga past,
Alarg‘aki, mazlum erur zerdast.
Xush ul shahki zulm ahlin aylab nigun,
Jafokash jafogarni ko‘rgay zabun.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: