Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
89
Karam fartidindur karim o‘lmog‘i, 
Tarahhum ko‘pidin rahim o‘lmog‘i. 
Agar vojidu mojid et e’tibor, 
Agar Hayyu Qayyum bir hukmi bor. 
Vale oti asmoda odil emas
O‘qur chog‘da el oni odil demas. 
Adolatqa yetganda qilmish Xudo, 
O‘z otini «Al-adl» birla ado. 
Bu otig‘a ko‘prak uchun ehtimom, 
Aning birla olamg‘a berdi nizom. 
Ne shahkim, aning adl kirdoridur, 
Desam, yo‘q ajabkim, Xudo yoridur. 
Bu ma’nidin erkinki, olamda shoh 
Ki, derlar ani xalq zilli Iloh. 
Gar af’oli mardudu maqbul emas, 
Bulardin qiyomatda mas’ul emas. 
Yerur adlkim, Qodiri Zul-jalol, 
Qiyomat kuni andin aylar savol, 
Agar adl yo‘q oshkoru nihon 
Yaqin bilki, zeru zabardur jahon. 
Anushirvon
1
garchi kofir edi, 
Vale adl zotida zohir edi. 
O‘run garchi kofirg‘a do‘zaxdurur, 
Aning adldin o‘rni barzaxdurur. 
Agar kufr rizvon sori qo‘ymadi, 
Vale adl niyron sori qo‘ymadi. 
Ul o‘tgandin ar ming yil andozadur, 
Adolatdin ovozasi tozadur. 
Yerur turfa bukim, salotin aro
Qayu adl etar kishvari din aro. 
Qilurda sifat adlu insofini, 
Nihoyatqa yetkurmak avsofini, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
90
Demaklik emas «hukmroni zamon», 
Demaktur «Anushirvoni zamon». 
Ajabroq bukim, ulki bu oti bor
Bu tashbih birla mubohoti bor. 
Ne so‘zdinkim o‘tti erur bu ajab 
Ki, kavnayn shohi – Rasuli arab. 
Shahekim, rusul keldi xayli aning, 
Bori ofarinish tufayli aning. 
Qilur chog‘da Haq shukri izhorini, 
Magar bu sifat surdi guftorini 
Ki: «Sultoni odil zamonida dahr, 
Vujudum bila berdi olamg‘a bahr. 
Manga chun valodat zamoni edi, 
Ulusqa adolat zamoni edi». 
Hadisida ham bu bashoratdurur 
Ki, adl ahli sori ishoratdurur. 
Ki, adl ichra o‘tganga bir soati
Yerur behki, jinnu bashar toati. 
Yana ham hadisedurur bu sahih 
Ki, aylabdur oni bayoni fasih: 
«Qolur kufr aro qolsa obod mulk, 
Bo‘lur zulm agar bo‘lsa barbod mulk». 
Shah ar kufr aro adlin etsa ravon, 
Tuzar mulkin andoqki Nushiravon. 
Va gar din aro zulm parron qilur
Bu shahlardek oz chog‘da vayron qilur. 
Shahekim qilur xayli insong‘a amr, 
Haq etmish anga adlu ehsong‘a amr. 
Agar zulm qilsa erur necha hol 
Ki, jonig‘adur borcha oning vubol. 
Birovkim Haq amrig‘a osiy bo‘lur, 
Nekim qilsa jurmu maosiy bo‘lur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin