Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
84
Bu so‘z deb ulus bo‘ldilar ashkrez,
Bosh aylab yalang, chektilar rustaxez.
Skandarki mundoq alomat ko‘rub,
Alomat demaykim, qiyomat ko‘rub.
Pushaymon bo‘lub degan aqvolig‘a,
Buzuldi base ko‘ngli el holig‘a.
Solib
ul sifat sidq oyin sifot,
Degandin aning ko‘ngli ichra uyot.
Ham atboining yaxshi niyatlari,
Yana ham atosi vasiyatlari
Ayon etti bir nav’ ta’sir anga
Ki, bermak mahol erdi tag‘yir anga.
Bo‘lub xotiri haddin ortuq malul,
Ulus iltimosini qildi qabul.
Rizo
zohir etgach, shahi navjuvon,
Arastuyi7 farzona qo‘pti ravon.
Olib tojni aylabon arjumand,
Aning boshidin ayladi sarbaland.
Ravon tutti aytib sano, bir qo‘lin,
Balinosi8 dono yano bir qo‘lin.
Iki ganji hikmat ani yo‘ldabon,
Chiqordilar avrang uza qo‘ldabon.
Topib
maqdamidin biyik poya taxt,
Quyosh boshi uzra solib soya baxt.
Arastu bila o‘q, Balinos edi
Ki, bu Xizr edi, ul bir Ilyos
9
edi.
Xaloyiqqa
yuzlandi bir inbisot
Ki, o‘lturgali yetti mufrit nishot.
Nisor ul qadar sochti yaxshi-yamon
Ki, qildi nujum arzni osmon.
Adadsiz surur ahlig‘a bo‘ldi sur,
Aningdekki sur ahli qildi surur.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: