www.ziyouz.com
kutubxonasi
99
Yana mulk ochmoqta qilmay darang,
Yurub fath qildi bilodi Farang
7
.
Chu bo‘ldi mute’ anda bo‘lg‘on ulus,
Qirim birla fath ayladi Andalus
8
.
Yonib Misr fathig‘a qildi sitez,
Sipehr oni Misr uzra etti aziz.
Ko‘rub tab’i ul marzni oshno,
Qilib anda Iskandariya bino.
Chu Zardusht
9
daf’ig‘a qildi g‘ulu,
Alar o‘tig‘a tig‘ ila urdi su(v).
Iroqi Ajam sori qilg‘ach xirom,
Navo topti ohangidin ul maqom.
Iroqi Arabg‘a chu surdi samand,
Qudumidin o‘ldi ul el bahramand.
Yana ayladi azmi Shomu Halab,
Nasib o‘ldi ul yerga komu tarab.
Yaman sori chiqti nechukkim Suhayl
10
,
Aqiq o‘lg‘ali toshlari qildi mayl.
Yer o‘pmakka chun Makka azmi qilib,
Qabuli uchun ul eshik ochilib.
Qilib azm andin savohil sari,
Qo‘yub yuz ajoyib marohil sari.
Yana aylabon Fors fathig‘a azm,
Muyassar bo‘lub, aylamay kinu razm.
Ochilg‘och bular shohi farxundafol,
Saodat bila qildi azmi Shimol.
Chu mulk olg‘ali da’bu xo‘ razm etib,
Tavajjuh bila fathi Xorazm etib.
Chekib ra’yati mehri ishroqni,
Yoruq aylabon Dashti Qifchoqni.
Chu bu nohiyatdin inontob o‘lub,
Inongiri Saqsinu Saqlob o‘lub.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
100
Chu ozim bo‘lub jonibi Osu Rus,
Bo‘lub yuzlari vahmidin sandarus
11
.
Tushub Charkasu Gurja
12
sori yo‘li,
Bo‘lub borcha gurjiyu charkas quli.
Shimol ahlin ehsong‘a g‘arq aylabon,
Tavajjuh qilib azmi Sharq aylabon.
Chu manzil qilib mulki Farxorni,
Kesib ul gulistonda har xorni.
Chu ma’bar bo‘lub Movarannahr anga,
Yasolib Samarqanddek shahr anga.
Chigil birla Yag‘modin aylab ubur,
Nechukkim, chamandin sabovu dabur
13
.
Yurub Ching‘a bo‘lg‘onda masnadnishin,
Kamar bog‘lab ollinda Xoqoni Chin.
Yana Hind sori qilib turktoz,
Bo‘lub Ked qulluq bila chorasoz.
Buzub Hindu Chin ichra butxonalar,
Yasab toat ahlig‘a koshonalar.
Chu raf’ aylabon kufr yanglig‘ uyub,
Berib rahnavardig‘a azmi Janub.
O‘tib Sind ila Kechu Mukron sori,
Ham andin qilib azm Kirmon sori.
Xuroson havosida topqach hayot,
Yasab anda shahre nechukkim Hirot.
Sipohon sari dasht qilg‘onda tay,
Bino aylabon shahre andoqki Ray.
Chu fath o‘ldi olamdag‘i marzu bum,
Ko‘ngul jam’ etib ayladi azmi Rum.
Necha vaqt o‘lub aysh ila jomgir,
Ko‘ngul topmadi anda oromgir.
Yana qatla olamni sayr ayladi,
Mamolikda bunyodi xayr ayladi.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |