Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
103
Tamomi bu erdiki, qildim ado
Vale emdi tavfiq bersa Xudo, 
Sunub panja kulliy ishe sori qo‘l, 
Qilay nazmkim, asl bo‘lg‘ay hamul: 
Alardin biri erdi Doro ishi 
Kim, ul nav’ ish yod bermas kishi. 
Bu nav’ erdi ul kim malik Faylaqus 
Ki, Rum ahli erdi anga xokbo‘s. 
Jahonxusrav ul chog‘da Doro edi
Anga shohlig‘ oshkoro edi. 
Kayoniylar o‘rnida ofoqgir, 
Kelib pusht-barpushti sohibsarir. 
Umurida oyini Luhrosbiy, 
Sipohida qonuni Gushtosbiy. 
Bo‘lub ko‘p Kayoniy ish ihdos anga, 
Tegib Bahmaniy mulk meros anga. 
Jahonbonlig‘ amrida Xusravnajod, 
Angachaki Kayxusravu Kayqubod. 
Jahon mulkida mustaqil podshoh
Anga topshurub shohlar toju kox. 
Mamolikda har sohibi taxtu toj, 
Anga yetkurub peshkash, yo xiroj. 
Biri Faylaqus erdi ul xayl aro, 
Xirojini berguchi bemojaro. 
Xiroj ul nimakim muqarrar emish
Hamonoki ming bayzai zar emish. 
Chu ul qildi dayri fanodin xirom, 
Skandar anga bo‘ldi qoyim maqom. 
Bor erdi chu mulk o‘ldi tayin anga, 
Bu yanglig‘ki sharh ettim oyin anga. 
Ham avvalg‘i yil tortibon tig‘i kin, 
Qilib Zang shohi bila big‘i kin. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
104
Topib tig‘ining barqi chun ishtiol
Kuyub zangi andin nechukkim zugol
17

To‘kub erdi qon oncha ul xayldin 
Ki, zang ahli ruxsori ul seldin, 
Qaro dog‘lardek bo‘lub oshkor, 
Bo‘lub yer yuzi, o‘ylakim lolazor. 
Iki-uch yil ichra necha bo‘yla razm, 
Qilib erdi ul shohi farxunda azm 
Ki, borida a’dosi mankub edi, 
Kirib ilgiga ulcha matlub edi. 
Bu fursatda fath aylagan marzu bum, 
Bo‘lub iki-uch onchakim mulki Rum. 
Qilib xaylin a’dog‘a andoq daler 
Ki, bo‘lg‘ay qulon qasdida narra sher. 
Shukuhi oshib bahri zaxxordin, 
Livosi o‘tub charxi davvordin. 
Qilib tig‘i barqi jahonso‘zluq, 
Yuzi mash’ali olamafruzluq. 
Xayoli aro urmayin tobu pech, 
Jahongirlik fikridin o‘zga hech. 
Ne ofoqni o‘ziga keng ko‘rub, 
Ne ofoqning shahlarin teng ko‘rub. 
Atosi vafotidin uch yil o‘tub, 
Ishi lek o‘n oncha rif’at tutub. 
Bu uch yil aro ko‘ngliga yetmayin, 
Xayolig‘a balkim xutur etmayin 
Ki, Dorog‘a bo‘lg‘ay ishi ehtiyoj, 
Anga xud ne etgayki, bergay xiroj. 
Birovkim azaldindurur rif’ati, 
O‘zidek rafe’-o‘q erur himmati. 
Bukim bo‘lg‘usi xasm Doro anga, 
Kerak zohir etmak madoro anga. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin