Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
119
Aning komi bu birga maqsud o‘lub, 
Munung raddi ul birga mardud o‘lub. 
Rafiq iki darvesh, beishtiboh, 
Yerur yaxshiroqkim, aduv iki shoh!
6
XXV
Iki jahondor muxolafatidin jahon ahli xirmanig‘a balo barqi yetgani va iki yor muvofaqatidin ul 
tutashqon o‘tqa rahmat yomg‘uri yog‘ib, shu’lasin past etgani 
Eshittimki, Chingizu
1
Xorazmshoh, 
Adovatqa chun bo‘ldilar kinaxoh. 
Buzuldi jahon ulcha maqdur erur, 
Netay sharhin aytib, chu mashhur erur. 
Hamonoki Chingiz topib zafar, 
Aning mulkini qildi zeru zabar. 
Ne kishvar arokim maqom ayladi, 
Chekib tig‘i kin, qatli om ayladi. 
Tushub mavjg‘a bahri jabborliq, 
Ayon aylabon mavji qahhorliq. 
Ato o‘g‘lig‘a yig‘labon: hoy-hoy! 
Qizig‘a ano tortibon: voy-voy! 
Hayot uyiga marg solib xalal, 
Amon raxnasin mahkam aylab ajal. 
Magar Shom mulkida erdi bu hol 
Ki, iki rafiqi mavaddatxisol. 
Qazodin birov dastgiri bo‘lub, 
Birov yo‘qki, kofir asiri bo‘lub. 
Ko‘zidin oqar qonlaridin ikov, 
Yudilar ilik jonlaridin ikov. 
Tilab har biri aylamak ibtido 
Ki, jonin yana birga qilg‘ay fido. 
Bu holatda qotil chekib tig‘i qatl 
Birisiga qildi ayon big‘i qatl. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
120
Yana bir boshin ochib, etmay haros, 
Ayon ayladi yolborib iltimos 
Ki: «Avval mening boshima tig‘ sur, 
Chu men o‘ldum, ul dam aning bo‘ynin ur!» 
Munga chunki mayl etti o‘lturgali, 
Boshig‘a jafo tig‘i tekurgali. 
Ochib boshin ul bir ham aylab havas, 
Nekim erdi avvalg‘ig‘a multamas. 
Bular har bir – ul bir uchun qayg‘uda, 
Bu holatda Chingiz emish uyquda. 
Tushiga kirar bu ikki yor ishi, 
Muni ko‘rgach aytur anga bir kishi 
Ki: «Kechgil xaloyiqqa ozordin, 
Vafo o‘rgan ushbu iki yordin. 
Sanga kinavar bo‘lsa Xorazmshoh, 
Ul ishtin jahon ahlig‘a ne gunohg‘» 
Iki shah kini jahonni buzub, 
Iki zor mundoq vafo ko‘rguzub. 
Chu uyg‘ondi uyqusidin qahramon, 
O‘lumdin xaloyiqqa berdi amon. 
Iki yoru qotilda ul mojaro 
Ki, om o‘ldi baxshish so‘zi xalq aro, 
Qilib erdi kofirg‘a dog‘i asar, 
Yetishti qulog‘iga chun bu xabar. 
Qilib raf’ ko‘nglidin ozorni, 
Yeshib qildi ozod iki yorni. 
Iki shoh chun bo‘ldilar kinaxoh, 
Jahon ahli bo‘ldi sarosar taboh. 
Vale iki darveshning himmati, 
Muvofiqlig‘i yumni xosiyati 
Ki, qildilar isor joni hazin, 
Ko‘tardi jahon ahlidin tig‘i kin. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin