Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
135
Bular kiymagi barcha axzar bo‘lub, 
Alamg‘a yashil shuqqa zevar bo‘lub. 
Bo‘lub olam ul sabzadin marg‘zor, 
Yashil xat bo‘lub yer yuziga uzor. 
Hamul qalbgoh ichra Doroyi dahr
Xilofig‘a yo‘q haddu yoroyi dahr. 
Bu yanglig‘ yasab sozu oyini razm, 
Aduv sori taskin bila qildi azm. 
Nari yuzda Iskandari sherdil, 
Qilib xayli oroyishi muttasil. 
Borong‘orin aylab sipohi farang
Bori qon to‘karga bo‘lub bedarang. 
Aduvning qalin erkonin bilmayin, 
Agar bilsa ham ko‘zga hech ilmayin. 
Sipahdor alar ichra Shaypol
14
o‘lub, 
Tahavvurda chun Rustami Zol o‘lub. 
Kiyimlar guhardin mukallal bori
Farangiy yeti rang maxmal bori. 
Alam shuqqasi dog‘i jinsi farang, 
Ham ul borcha zarbaftu ham yeti rang. 
Aduv ichra yuz ming bori tezu tund 
Ki, haybatlaridin quyosh tig‘i kund. 
Juvong‘orida erdi Bartosu Rus
Falak xingidek barcha tundu shamus. 
Alar javshani borcha qolqonduruq, 
Sinon qo‘llarida nechukkim so‘ruq. 
Vale bodpolarg‘a solg‘on kejim, 
Saqarlotu borcha yovurqon kejim. 
Dovulg‘a bo‘lub to‘ppi yanglig‘ bari, 
O‘tog‘a bosh uzra sariq qush pari. 
Kelib har biri kecha andoqki bum, 
Muvofiqqa maymun, muxolifqa shum. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
136
Bular dog‘i yuz ming kelib son aro, 
Chekib saf juvong‘orda maydon aro. 
Hirovulda zang ahli ta’yin bo‘lub, 
Alarg‘a yana o‘zga oyin bo‘lub. 
Kiyib barchasi javshani zangsoz, 
Yoruq ko‘zgudek zangdin beniyoz. 
Yana xudlar misli javshan kelib
Qaro tunda xurshidi ravshan kelib. 
O‘tog‘a temur birla shahpar misol, 
Quyosh uzra sonchib nechukkim hilol. 
Kejimlar dog‘i barcha po‘loddin. 
Topib lam’a suhoni bedoddin. 
Yorug‘ oha yuz ming aduv o‘trusi, 
Sarosar ajal shaxsining ko‘zgusi. 
Qilib g‘ulini borcha Rumiy sipoh, 
Topib ziynat ul g‘ul ila razmgoh. 
Qizil yuz bila borcha andoqki sher
Aduv qasdig‘a sher yanglig‘ daler. 
Kejim borchag‘a sheru babru palang, 
Jiba uzra xafton dog‘i ushbu rang. 
Bo‘lub har bir, andoqki, g‘urranda abr, 
Degil tutti olam yuzin sheru babr. 
Turub qalb aro shohi farruhsarir, 
Nechukkim hizabre, vale shergir. 
Boshi ustida sherpaykar alam
Yesib anga nusrat yeli dam-badam. 
Bu yanglig‘ sipah birla doroi Rum, 
Sipohin yasab, o‘ylakim naxli mum. 
Yurub xasm xaylining o‘trusig‘a, 
Munung ul ham andoqki qarshusig‘a. 
Chekib ko‘s uni iki yondin g‘irev, 
Aningdekki, mast o‘lsa yuz narra dev. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin