Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
129
Yasab xandaqu hisn Xaybar kibi, 
Ne Xaybarki, Saddi Skandar kibi
7

Chu ko‘ngli bo‘lub tinch yuz tig‘zan, 
Bori lashkaroroyu lashkarshikan. 
Oyirib o‘zi birla bo‘ldi ravon, 
Zihi, ham sipahdoru ham pahlavon. 
Hamul tog‘ uza chiqti ul xayl ila, 
Aduvning sipohin tamosho qila. 
Ne ko‘rdiki, tutmish sipah yer yuzin, 
Qaro aylabon dahr tog‘u tuzin. 
Taharruk topib xalqdin dashtu tog‘, 
Taharrukka ham kimsa topmay farog‘. 
Falakni aningdek tutub dudu gard 
Ki, pinhon bo‘lub gunbadi lojuvard. 
Topib gard ila dud chun imtizoj, 
Berib o‘tu tufroqqa bir mizoj. 
Qayonkim Skandarga tushti nazar, 
Topa olmadi xalq ichidin guzar. 
Qila olmayin el qiyosini hech, 
Tahayyur aning mag‘zini qildi gech. 
Xayolida bu so‘zkim: «Iki cherik 
Qachon sunsalar kin ishiga ilik, 
Biri yona bircha esa iki-uch, 
Yerur harb oyini ozroqqa kuch. 
Agar bo‘lsa bir sori yolg‘uz kishi, 
g‘anim o‘lsa o‘trusida yuz kishi. 
Agar istasa harbu parxoshini, 
Ilik birla kesmaktur o‘z boshini. 
Manga muncha hikmat tariqida lof, 
Ajab yerda yoydim bisoti masof. 
Bu yerdin yonarning xud imkoni yo‘q, 
Nabard aylasam g‘ayri nuqsoni yo‘q!»
8


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
130
Bu fikr ichra royi xiradparvari 
Ki, bir tosh uza iki kabki dariy 
Ko‘rundiki, bir-birga aylab sitez, 
Urushurlar erdi base tundu tez. 
Biri jussa ichra zabardastroq, 
Yana bir haqir erdiyu pastroq. 
Anga necha quvvat, munga oncha za’f, 
De olg‘oncha quvvat, de olg‘oncha za’f. 
Skandar chu ul za’fu quvvat ko‘rub, 
O‘zi birla Dorog‘a nisbat ko‘rub, 
Alar sori boqti taammul bila, 
O‘ziyu aduvg‘a tafa’ul bila. 
O‘zi jonibidin haqirin tutub, 
Aduv o‘rnig‘a yona birin tutub. 
Qilur erdi ul harb nazzorasi, 
Taraddud aro joni bechorasi. 
Ki, nogoh havodin uqobe inib, 
Qilib sayd olurg‘a shitobe inib, 
Ulug‘rog‘ni sayd etti ul nav’ chust 
Ki, go‘yokim ul xud yo‘q erdi nuxust. 
Uqob ilgida bo‘lg‘och ul bir taboh, 
Yana birga bo‘ldi yeri jilvagoh. 
Skandar bo‘lub xushdil ul holdin, 
Tanumand o‘lub ko‘ngli bu foldin. 
Bilibkim, anga xasm o‘lur zerdast, 
Va lekin topar o‘zga yerdin shikast. 
Bu ishdin o‘ziga shugun anglabon, 
Yonib xasm qadrin nigun anglabon. 
Sipohig‘a kirdi topib bu futuh, 
Aningdekki, jonsiz badan ichra ruh. 
Chu ul tog‘din indi topib navo, 
Quyosh chekti tog‘ keyin sori livo. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin