Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
127
Dedi shohkim: «Chun yig‘ilmish sipoh, 
Kerak Rumni qilsaq oromgoh. 
Chu kirmish anga Zangboru Farang, 
Alar fikriga ham keraktur darang. 
Necha kun bu yerlar tavofi qilib, 
Adudin mamolikni sofiy qilib, 
Agar qaytsaq ham emastur yiroq, 
Har andeshadin bu erur yaxshiroq». 
Chu shoh og‘zig‘a soldi bu so‘z qazo, 
Qazo amrig‘a chora yo‘q juz rizo. 
Nekim shah dedi, ittifoq ettilar, 
Bori Rum azmin yaroq ettilar. 
Manozil bitib, bo‘ldilar jazmi ko‘ch, 
Qo‘pub har taraf qildilar azmi ko‘ch. 
Bularg‘a bo‘lub ko‘ch-barko‘ch azm, 
Skandarga dog‘i xabar yetti jazm, 
Ki, Doro yig‘ib yer yuzidin sipoh, 
Buyon aylamish azm beishtiboh. 
Xud ermas edi g‘ofil ul holdin, 
Ishida yiroq erdi ehmoldin. 
Uzotib damo-dam adug‘a kishi, 
Payopay xabar topmoq erdi ishi. 
Qayu ishgakim fahm etib ehtiyoj, 
Farog‘at bila aylar erdi iloj. 
Sipohini ul shohi navxosta, 
Aningdek qilib erdi orosta, 
Ki, ollig‘a cheksa sipah olame, 
Ki bo‘lsa alar har biri Rustame, 
Nechukkim yel ollig‘a bo‘lg‘ay samon, 
Yetishmak hamonu – sovurmoq hamon. 
Va lekin shiori madoro bo‘lub, 
Tahattuk yo‘q andoqki Doro bo‘lub
5



Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
128
Chu Doro hadisi anga bo‘ldi tuz 
Ki, olam sipohin yig‘ib qo‘ydi yuz. 
Bu yanglig‘ cherikkim bayon ayladim, 
Raqam birla vasfin ayon ayladim. 
Tuzub ul xiradmandi hikmatmaob, 
Aduv ro‘baro‘yig‘a qildi shitob. 
Nechukkim tengiz sori g‘urranda abr 
Va yo go‘r xaylig‘a g‘urron hizabr. 
Chu fahm etti ul ishni Doro dog‘i, 
Ki bordi arodin madoro dog‘i. 
Aning chiqmog‘i bo‘yla bevahmu pos, 
Aduv xaylig‘a soldi behad haros. 
Chu o‘n manzil o‘ldi aro yerda jazm, 
Iki yondin o‘ldi taanniyu hazm. 
Yurush rasmida bo‘lmas erdi o‘sol, 
Ko‘charda, tusharda bor erdi yasol. 
Tushulgach, cherik davrini shaq qilib, 
Sipah hifzi aylarga xandaq qilib. 
Quyosh chun botib ko‘kka soya chiqib, 
Hamul iki yondin taloya chiqib. 
Yazak ahlig‘a, o‘yla bedorliq, 
Taloya aro, o‘yla hushyorliq
6

Ki, gar mo‘r tebransa qilmay darang, 
Tikarlar edi ko‘zin otib xadang. 
Bu yanglig‘ sipah boshlabon ikki shoh 
Ki, bir kunchilik qoldi yo‘l razmgoh. 
Aro yerda tog‘e edi bas rafe’, 
Iki yonida iki dashti vase’. 
Iki dasht aro iki xusrav eli 
Ki, yo‘l topmay ul el aro tong yeli. 
Skandar sipah tegrasiga yetib. 
Nechakim kerak zabtida jahd etib, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin