Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
133
Yana yuz ming o‘zbak mo‘g‘ul birla zam
Yuz ellik ming ul sori qalmoq ham. 
Bo‘lub borchasi olti yuz ming kishi, 
Boriga hunar kin ila razm ishi. 
Yasab Chin elin turki chiniysirisht, 
Tarovatda andoqki bog‘i bihisht. 
Yeti rang zarbaft har pahlavon
Solib bodpoyig‘a bargustvon. 
Dovulg‘oda chiniy yalov dilpazir, 
Yana javshan ustiga chiniy harir. 
Yasoleki qalmoq xoni yasab, 
Ajal do‘zaxidin nishone yasab. 
Tomug‘ shu’lasi barcha rangin yalov
Bilinib yalov jilvasidin qalov. 
Har o‘pchinluk oncha qilib karru far 
Ki, andin tushub dahr aro sho‘ru shar. 
Alar xaylining xoni To‘qvob o‘lub, 
Urush vaqti ozarmdin tob o‘lub. 
Mo‘g‘ul sherpaykarlari o‘tu yolin, 
Taaddud aro it tukidin qolin. 
Bular xoni Mangu kelib razm aro 
Ki, oshubi olamni aylab qaro. 
Yana mang‘it o‘zbak bila yondashib
Iki zulfdek tuzlari chirmashib. 
Kumushdek yorug‘ barchaning ko‘hasi, 
Boz uzra dovulg‘alar charkasiy. 
Alar yonida Movarannahr eli, 
Iki rud arosida o‘n shahr eli. 
Bori shergiru bori pilzo‘r, 
Tikib o‘q bila ko‘zlarin bo‘lsa mo‘r. 
Jinonvash Samarqand mavjud yo‘q 
Ki, qilmish bino oni Iskandar-o‘q
13



Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
134
Juvong‘orda Mag‘rib eli bir sari
Yana sori Bartosiyu Barbari. 
Sinonlar sarig‘ rang, qalqon dog‘i, 
Kejimlar sarig‘ jins, xafton dog‘i, 
Arab barridin nayzavar qirq ming 
Ki, yakroni tozi kelib borchaning. 
Alamlar qarou sinonlar qaro, 
Bedov uzra bargustvonlar qaro. 
Hamul mag‘rib ahlini boshlab Tali’, 
Arab xaylining peshvosi Vaki’. 
Madoyin navohisidin Ardasher, 
Chekib tig‘, xaylida yuz ming daler. 
Binafsh aylabon shadda birla dirafsh
Samand uzra bargustvon ham binafsh. 
Qutayf ahli, Bahraynu Bag‘dod ham, 
Sipahbad alarg‘a kelib Gustaham. 
Bo‘lub sarbasar ko‘k temur ichra g‘arq, 
Ko‘k atlasda pinhon qadam to bafarq. 
Juvong‘or ham olti yuz ming adad, 
Bular boshqa andinki bo‘lg‘ay madad. 
Hirovul yasab yeti yuz ming kishi 
Ki, hayron qolib yeti ko‘k gardishi. 
Borining kelib xudu xaftoni oq
Nekim kiyguluktur yasab oni oq. 
Bu kofurgun saf aro razm eli, 
Kelib Dashti Qifchoqu Xorazm eli. 
O‘zidin topib g‘ul farru shukuh, 
Sipah saf tuzub davrida ko‘h-ko‘h. 
Qilib andoq orosta yetti g‘ul 
Ki, yel xayli topmay aro yerda yo‘l. 
Bo‘lub har saf ul elga yuz ming nafar
Shah oyinidin barchag‘a zebu far. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin