Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
150
Bilurmen alarda yo‘q
andoq kishi
Ki, kelgay qo‘lidin adovat ishi.
Karam aylasang, borcha xaylingdurur,
Qilurlar ne xizmatki maylingdurur.
Habo
aylama xonadoni qadim
Ki, yo‘qtur alardin sanga hech bim.
Yana Ravshanakkim,
20
qizimdur mening,
Bukundin nari mensizimdur mening.
Kayoniy salotin nishoni anga,
Barozanda toji Kayoniy anga.
Kelib
saltanat bahridin durri pok,
Sharaf avjidin axtari tobnok.
Bisotingni ul sham’ birla yorut,
Aning shug‘lidin xotiringni ovut.
Kivur mehr birla shabistoninga,
Qilib aqd, o‘lturt ani yoninga.
Yerur ul buzug‘ mazraim xo‘shasi
Manga pora bo‘lg‘on jigargo‘shasi.
Harimimda sen dog‘i farzand bo‘l,
Hamul xasta bag‘rimg‘a payvand bo‘l.
Kim ul dog‘i sendin topib to‘shae,
Sanga hosil etsa jigargo‘shae.
Atodin Skandarnihod o‘lg‘ay ul,
Anodin Kayoniynajod o‘lg‘ay ul
Ki, chun
bel adolatqa chust aylagay,
Ikimizga nisbat durust aylagay.
Qabul aylab, et xasta ko‘nglumni shod
Ki, emdi qilur vaqt erur xayrbod!»
Skandar to‘kub ashku tortib nafir,
Dedi: «K-ey shahanshohi gardunsarir!
Itoat yo‘linda nuzul ayladim,
Nekim hukm qilding, qabul ayladim.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: