Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
142
Ham ul pilzo‘r erdi,
ham piltan,
Takovar anga, o‘ylakim karkadan.
Palangina bargustvon otig‘a,
Kiyib babr to‘n xalq ofotig‘a.
Qizil xo‘ddin boshida nimtarg
Ki, vahmidin o‘lub o‘lum holi marg.
Hamul xo‘d davrig‘a chirmab qaro,
Kishi ko‘rmamish lolani dog‘ aro.
Yuzi
ulcha mumkindur ahmar aning,
Mahosin yuzi uzra asfar aning.
Yuzi rangi xurmo masallik kasif,
Mahosin namudori xurmog‘a lif.
Iki ko‘z anga ikki olmosdek,
Vale davrasi qon to‘la tosdek.
Vatangohi aqsoyi Mag‘rib zamin,
Yeli
ermish ul yerda vodiynishin
Ki, bu yanglig‘ ermish alar hay’ati,
Qo‘shun elcha har qaysining shavkati.
Ne xusravki, ul bo‘lsa olamga shoh,
Chekar bo‘lsa bir xasmi sori sipoh.
Kelur
ermish ul qavmdin bir kishi,
Ki sa’b o‘lsa a’dodin ul shoh ishi.
Qilur ermish ul shaxs maydong‘a azm,
Namudor etar ermish oyini razm.
Chu bo‘ldi adusi giriftor anga,
Bo‘lur ermish uy sori raftor anga.
Kishi turg‘uza olmas ermish ani,
Anga tegrukim manzilu maskani.
Giriftorini dog‘i eltur emish,
Buyurur emish har nechuk topsa ish.
Chu Boriqdin el erdi hayratqa g‘arq,
Ul ohangi kin etti andoqki barq.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: