Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

XXX 
 
HIKMAT 
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, sohibroy taaqqul bila ish bikri yuzidin niqob ochqondin 
so‘ngra nega visolidin kom topmas va aning javobi 
Yana qatla doroi gardunshukuh, 
Dedi: «Key hakimi Filotunshukuh»!
1
Kishida ne fe’leki mavjud erur 
Ki, andin ziyonbud yo sud erur. 
Chu fe’lig‘a boqsa taaqqul bila, 
Natijasin anglar taammul bila. 
Bilurkim tama’ aylar elni zalil, 
Qanoatqa izzu sharafdur dalil. 
Erur shoh ishiga dog‘i bu qiyos 
Ki, chun bo‘ldi behbudig‘a rahshunos 
Ki, maqsad topar el rizosi bila
Turar ko‘p xaloyiq duosi bila. 
Tilar voqian ishda o‘z sudini, 
Qilur orzu komu behbudini. 
Nedin bas qilib tarki royi savob, 
Qilur noxush af’olni irtikob 
Ki, andin yetib shavkatig‘a shikast, 
Bo‘lur zerdastig‘a ul zerdastg‘» 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
158
Dedi kordon fikrin aylab amiq 
«Ki, bu so‘z aro nuktaedur daqiq. 
Kishikim bilik bahrig‘a topti g‘avr, 
Bu so‘zning javobin dedi necha tavr: 
Bir ulkim, kishi aqlin etsa hakam, 
Salohu fasodin topar beshu kam. 
Salohin aning tab’i aylar pisand, 
Bilur qilsa bo‘lg‘usidur sudmand. 
Vale qilmog‘i nafsig‘a shoq erur, 
Suhulat sari nafs mushtoq erur
2

Qachon nafs o‘z komin etti havo, 
Qilur elni ko‘p naf’din benavo. 
Yana kimsa har ishga majbul erur, 
Jibilliy xisolig‘a mashg‘ul erur
3

Topib ish salohin yomondur demas, 
Anga lek bittab’ marg‘ub emas. 
Tilar qilmog‘ig‘a o‘zin baxtiyor
Yerur lek qilmasda beixtiyor. 
Yana bir qilib fikri axtarparast, 
Kavokibga qildi ani borbast 
Ki, gar yor erur axtari tole’i, 
Qilur, o‘yla ishkim erur nofe’i. 
Kitobatki shug‘ledurur bas nafis, 
Birov istasa o‘zni mushafnavis. 
Agar tole’ida yuz iqbol erur, 
Atorid vale anda badhol erur. 
Kitobatqa sa’y etsa to joni bor
Qalamzan bo‘lurning ne imkoni borg‘ 
Bu uch so‘zga bu nav’ bo‘ldi nasaq, 
Vale ulcha derlar budur ahli Haq 
Ki, gar ahli masjid erur, gar kunisht, 
Nekim topti qismat kuni sarnavisht


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin