Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
152
Ki, dardimg‘a tortib fig‘on yig‘layin,
Dame o‘ylakim shisha qon yig‘layin!
Navoiy, jahong‘a vafo yo‘qturur,
Aning da’bu rasmi jafo-o‘qdurur.
Vafo
aylab oning vafosin unut,
Navo istasang, benavolig‘ni tut!
XXVIII
Zobitai rusumi shohiydakim, korxonai Ilohiydin namudordurur, aningdekki, ul borgohda xoh maloik
xayli, xoh rusul ma’shari, xoh avliyo guruhi, xoh soyiri nos jamoati aloqadri marotibihim har biri o‘z
yerida murattabdur, bu korgohda ham hamul dastur bila bo‘lsa yaxshiroq surat, balki zaruratdurur
Kerak qilsa, ulkim tilar shohliq,
Sipah borcha holidin ogohliq.
Yaqin bilsa tuzganda piroyasin,
Rioyat chog‘i har kishi poyasin.
1
Uluqqa uluqcha ato aylasa –
Kichikka kichikcha saxo aylasa.
Kim etsa vasatliq yo‘linda zuhur,
Anga tuzsa oyini «xayril-umur».
2
Ne tutsa ulug‘ni qoshida kichik,
Ne qilsa kichikni ulug‘ chargalik.
Bu qonun bila bo‘lsa
oyin anga,
Topib kishvaru mulk tazyin anga.
Ishida ko‘rub farrux anjomini,
Olur saltanat amridin komini.
Ne shahkim, anga mundoq ermas tuzuk,
Tuzukluk nechuk kelgay andin, nechuk.
Aningdekki tifl istabon inbisot,
Chu shatranj o‘ynarg‘a yoysa bisot.
Ne o‘ynorini bilsa, ne termagin,
Ne olmog‘ini bilsa, ne bermagin.
Olib qo‘ysa
baydaqni shah yonida,
Yana pil qo‘ysa rux ayvonida.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: