Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
167
Nekim amridin oshkorodurur, 
Ibo qilg‘ali kimga yorodurur. 
Chu hukmidin o‘lmas ibo aylamak 
Ki, bor ul vujudin habo aylamak. 
Aning hukmidin oshkoru nihon
Manga bo‘ldi ro‘zi sarosar jahon. 
Chu ul qildi bu komg‘a baxtiyor, 
Manga dog‘i bu ishda yo‘q ixtiyor. 
Burun qildi iqbol qismat manga 
Ki, yor o‘ldilar aqlu hikmat manga. 
Otomkim, edi kishvaroroi Rum, 
Chu bordi, manga qoldi ul marzu bum. 
Topib ilmu hikmatdin ogohliq
Tamanno yo‘q erdi manga shohliq. 
Ne ishkim nasib etti Fayyozi Jud, 
Kishining tamannosig‘a ne vujud. 
Chu ollimg‘a yozg‘ondurur bu varaq, 
Meni qo‘ymadi ixtiyorimg‘a Haq. 
Ulus dog‘i afg‘onu zor ettilar
Alar dog‘i beixtiyor ettilar. 
Ne amr etti ilhomi hotif bila, 
Shuru’ ayladim joni xoyif
5
bila. 
Burun amri birla tuzub mojaro
Qilib Zang eli ro‘zgorin qaro. 
Yana azm qildim cholib noyu ko‘s, 
Mute’ o‘ldi hukmumg‘a Bartosu Rus. 
Yana ozim o‘ldum chu qilmay darang, 
Nasib o‘ldi Haqdin diyori Farang. 
Chu sa’yim yana oshkoro bo‘lub, 
Asiri kafim shohi Doro bo‘lub. 
Sarafroz etib baxti sarmad meni, 
Haq etmish bu yanglig‘ muayyad meni. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
168
Qayu birgakim tole’im qo‘ydi yuz, 
Bor erdi alar mencha o‘n, balki yuz. 
Chu Haq amridin zohir ettim nabard, 
Alardin chiqordim falak uzra gard. 
Bo‘lubdur bugun mulki Eron manga, 
Bori shohlar bandai farmon manga. 
Guruheki Doroni anglab rafe’, 
Bo‘lub erdilar buyrug‘ig‘a mute’. 
Bori dargahimg‘a nuzul ettilar, 
Kelib qullug‘umni qabul ettilar. 
Inoyatlar ettim gumondin fuzun, 
Nekim el gumon etsa, ondin fuzun. 
Sanga ham agar baxt yovardurur, 
Yana tole’ing yoru rahbardurur, 
Qo‘pub o‘zgalardek janobimg‘a kel, 
Janobi sipehr intisobimg‘a kel. 
Ne amr aylasam, bil kalomimni xo‘b, 
Tobug‘umda bosh qo‘y, ayog‘imni o‘p 
Ki, boringg‘a men lutfu ehson qilay, 
Madoru rifq ulcha imkon qilay. 
Seni shahlar ichra baland aylayin, 
Inoyat qilib, arjumand aylayin. 
Qilay kishvaringning misolin raqam 
Ki, tutsun taalluq sanga yakqalam. 
Sipehr ofatidin panohing bo‘lay, 
Aduv qilsa kin, kinaxohing bo‘lay. 
Va gar mone’e tutqon o‘lsa vujud 
Ki, yo‘lg‘a qadam qilmasang xoksud. 
Qila olmas o‘lsang bu sori murur, 
Bu iqboldin oriy o‘lsang zarur, 
Senga ostonbo‘s mamnu’ esa, 
Degan uzr ma’qulu masmu’ esa, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin