Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
183
Rutubat qilib kasb maydin dimog‘. 
Bo‘lub uyqug‘a vaqtida rag‘bati, 
Badanning budur mujibi sihhati. 
Chu ul uyqudin tab’ masrur erur
Zamon dog‘i bor ulcha maqdur erur. 
Yana hirfat ahli tutub go‘shae, 
Maoshi uchun istasa to‘shae, 
Uzun tunda uyqudin o‘lg‘ach amon, 
Yerur kasbining vaqti mumtad zamon. 
Yana ilm tahsili aylar kishi, 
Agar istasa rushd topqay ishi. 
Ishidin anga hosil o‘lmas farog‘, 
Yemay ko‘p uzun kecha dudi charog‘. 
Iki boshta yonsa charog‘i aning, 
Tun o‘rtasi ting‘ay dimog‘i aning. 
Yana ahli Haqkim qo‘yub xo‘rdu xob 
Qilurlar ibodatqa jahdu shitob. 
Xaloyiq ko‘zidin erurlar nihon 
Ki, ravnaqliq ermas alarsiz jahon. 
Qaro tunlar ul xayl toat etar 
Ki, olamga andin yorug‘luq yetar. 
Bas ul tun nechakim topar imtidod, 
Yorug‘luqqadur mujibi izdiyod. 
Bukim sharh topti necha nav’ ish, 
Muyassardurur olam ahlig‘a qish. 
Bu kim dahr eli qishni aylar talab, 
Yerur ani istarga muncha sabab». 
Degach so‘zni donoyi bisyordon, 
Dedi: «Ofarin!» — xusravi kordon. 
XXXV
Iskandarning jahongirlik muddaosi bila azm etib, Xurosong‘a yetib, Hiroti sonahallohu anil-ofoti val 
baliyotni bino qilib, Movarounnahrni olib Samarqandi bemonand tarhin solib, Kashmir sori 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
184
mutavajjih bo‘lg‘oni va Kashmiriylar sehri daf’ig‘a Muso kibi yadi bayzo ko‘rguzub, sehroyin 
qal’alarin mo‘jiza birla buzub, Malluning dog‘i buzulub, tilism qo‘rg‘onig‘a azm etgani va 
Iskandarning Kashmir shahrig‘a ketgani 
Muarrixki, sharh etti bu mojaro
Bu yanglig‘ bo‘lur so‘zga dastonsaro 
Ki, chun qildi qishloq azmig‘a shoh, 
Qarobog‘i Arronni oromgoh. 
Jahongirlik erdi andeshasi, 
Bu tadbir edi tunu kun peshasi. 
Tuzub hikmat ahli bila anjuman
Bo‘lur erdi bu amrda royzan. 
Xayolida doim bu tadbir edi, 
Xayoli namudori taqdir edi. 
Bu andeshadin hosil o‘lg‘ach farog‘, 
Sipah ziynatin aylar erdi yarog‘. 
Berib qavmu xaylig‘a dildorlig‘, 
Tilar erdi Haqdin madadkorlig‘. 
Chu raf’ o‘lsa erdi anga barcha qayd, 
Bo‘lub rokib, aylar edi azmi sayd. 
Farog‘at chog‘i, sayd o‘lub peshasi, 
Matofi Aras
1
ro‘dining beshasi. 
Bu erdi ishi toki gardon sipehr
Hamal jilvagohig‘a yetkurdi mehr. 
Quyosh xusravi chunki topib sharaf, 
Sipah tortti sabzadin har taraf. 
Urub shohi xurshidvash borgoh, 
Chekib dasht uza sabza yanglig‘ sipoh. 
Topib sa’d soat kuhan toqdin
Saodat bila chiqti qishloqdin. 
Qilib azm, qo‘ydi Sipohong‘a
2
yuz, 
O‘tub andin, urdi Xurosong‘a
3
yuz. 
Munga yetgucha borcha Eron zamin 
Bo‘lub erdi hukmig‘a zeri nigin. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin