Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
178
Urub telbalardek qadam har sari.
Jahonni ko‘rub qor ichinda nihon
Ko‘runub ko‘ziga yana bir jahon.
Kamar tig‘idin sarsar andoq esib
Ki, har yerga tegsa pichoqdek kesib.
Sular muzdin andoq bo‘lub sangbast
Ki, tosh ursalar mumkin o‘lmay shikast.
Quyosh chashmasi bir qadah muz bo‘lub,
Sochilg‘on bori qatra yulduz bo‘lub.
Falak
sabzasida qolib yoshurun,
Nazarg‘a bo‘lub zohir o‘lg‘onda tun.
Ko‘runmay quyosh partavi nurluq,
Borib tab’idin dog‘i mahrurluq.
Yel osebidin xalq yuz bog‘labon,
Nafasning tafi shusha muz bog‘labon.
Urub qush o‘zin o‘tqa devonadek,
Va yo sham’i so‘zong‘a parvonadek.
Degil duddin shu’la
dom etti fosh,
Shararlardin o‘ldi anga donaposh.
To‘lun oyg‘a ko‘k bo‘lg‘ucha yuz to‘ngub,
Falak bahri nili dog‘i muz to‘ngub.
Yemas oq bulut charx javfida tuz
Ki, andin sinib tushti bir pora muz.
Chu day xoni yel xaylidin un solib,
Chaman kishvari sori chopqun solib.
Shajar xaylini, o‘yla
tolon etib
Ki, boshtin-ayog‘ini uryon etib.
Qilib o‘zlarin o‘rtamak multamas,
Sarosar o‘tun bo‘lmak aylab havas.
Gumon aylabon shu’la ko‘rgach tazarv,
Qilib davrida larza shamshodu sarv.
Bo‘lub momug‘u tuk aro el nihon,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: