Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
181
Aningdekki, bulbulg‘a gulzor isin. 
Bu holatda go‘yo qaro tun emish
Aning ollidin yelu chopqun emish. 
Nigoridin ul iski topib mashom, 
Yumub ko‘z, urar ermish ul sori gom. 
Yetishgan zamon yor uyi qoshig‘a, 
Hamono urunmish eshik boshig‘a. 
Ochilg‘och eshik, uyga kirmish yurub, 
Magar uyga kirmak budur bosh urub. 
Ko‘z ochib ko‘rar, uyda Layli emish
Qaro tunda ravshan Suhayli emish. 
Solur hayratu shavq jonig‘a tob, 
Qilib betahammulluq oni xarob. 
Qo‘yub Layli ollida tufroqqa yuz, 
Yumar so‘ngra kavnayndin iki ko‘z. 
Ani hujrada Layli aylab nihon 
Ki, fahm etmagaylar eli nogahon. 
Kishi hush tarkida bu nav’ kom 
Topib, istasa hush – bo‘lsun harom. 
Yerur ishq aro bo‘yla a’jubalar 
Ki, beishq bilmas bu mansubalar. 
Navoyig‘a, yo Rab, qarib et ani, 
Qarib etting ersa, nasib et ani. 
XXXIV 
 
HIKMAT 
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, shito fasli burudat kasratidin va yog‘in shiddatidin mujibi 
parishonliq va boisi besomonliqdurur xalq anga nevchun rog‘ib va tab’ anga nega tolibdurur va 
hakim javobqa og‘iz ochmoq va hikmat sahobidin durar sochmoq 
Yana qatla doroi daryonavol
1
Dedi: «Key hakimi Masihomisol,
2
Shito faslida ko‘p suubatdurur 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
182
Ki, insong‘a andin uqubatdurur. 
Biri yelki, elni qilur dardnok
Biri bardi mufritki – aylar halok. 
Yana zamhariru uzun tun dog‘i, 
Qo‘shulsa yelu qor, chopqun dog‘i. 
Falak yerga bu nav’ o‘lur fitnarez 
Ki, andin kerak tab’ qilgay gurez. 
Nedin qishqa ko‘prakdurur tolib el
Anga yozdin ortug‘ bo‘lur rog‘ib el. 
Munung vahshatig‘a chu bor ittilo’, 
Haroson kerak erdi mundin tibo’»
3

Dedi, hikmatoyini axtarshunos: 
«Ki, bu ishga bor o‘zga yanglig‘ qiyos. 
Chu qish tab’i borid dog‘i ratb erur, 
Xirad munda bu nav’ ruxsat berur 
Ki, tab’ ichra solur sabou shitob
Harorat bila yubsdin iztirob. 
Chu yubsu harorat bo‘lur mushtail, 
Ani boridu ratb etar mu’tadil
4

Yana chun shabobu kuhulat
5
dog‘i, 
Yerur elga ayshu farog‘at chog‘i. 
Bilur el qoshida muqarrardurur 
Ki, bu qishda xushroq muyassardurur 
Ki, gar kunduzi bo‘lsa qoru yog‘in, 
Bilur el g‘animat farog‘at chog‘in. 
Taraddudg‘a chun bo‘ldi mone’ havo, 
Farog‘at qilur tab’ komin ravo. 
Yerur kechasi dog‘i chunkim tavil, 
Bu dog‘i farog‘atqa keldi dalil 
Ki, suhbat munosibdurur o‘tsa shom 
Ki, topqay sukun uyqu birla avom. 
Anga tegrukim, bo‘lg‘ay uyqug‘a chog‘, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin