Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
197
Sipah dog‘i to‘sh-to‘shdin o‘ldi ravon, 
Agar xud tavono va gar notavon. 
Chu darbandning og‘ziga yovushub, 
Necha kun cherik o‘ttilar chuprushub. 
Qilib ko‘ch-barko‘ch ul yon xirom 
Ki, yetti hamul shahr elidin payom. 
Rasule yetib xidmat etti padid, 
Bir ilgida noma, birida kalid. 
Xatin shahr ahli savod aylabon, 
Aning hukmig‘a inqiyod aylabon 
Ki: «Malluda bo‘lg‘on zamon bu diyor, 
Yo‘q erdi bu qullarg‘a hech ixtiyor 
Ki, qilgay eduk xidmat izhorini, 
Ayon aylabon qulluq osorini. 
Bu damkim ani shavkating qildi past, 
Firor ixtiyor etti, topib shikast. 
Necha bandalig‘ ichra sharmandabiz, 
Nekim bizga hukm aylasang bandabiz. 
Yorug‘ aylasang mulki vayronimiz, 
Fidodur sanga mol ila jonimiz. 
Va gar bizni istarga farmon erur, 
Borig‘a yuzung ko‘rmak armon erur. 
Yerurbiz ne hukm aylasang muftaxir, 
Bu noma javobiga biz muntazir». 
Skandar o‘qug‘och bititdi misol 
Ki: «Siz kelgali bo‘lmang oshuftahol. 
Hamul mulkunguzda farog‘at qiling, 
Manga deb duo, Haqqa toat qiling 
Ki, men xud kelurmen shitob aylabon», 
Yibordi bu yanglig‘ xitob aylabon. 
Yetishguncha bu noma birla rasul, 
O‘zi dog‘i shahr ichra qildi nuzul. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
198
Yasab erdi Mallu tarabxonae, 
Tarab qilgali qasri shohonae. 
Hamul qasr davrida bir turfa bog‘, 
Anga har guli toza ravshan charog‘. 
Biyik toqini charxfarso qilib, 
Bu gulshan otin Jannatoso qilib. 
Hamul ravzada bo‘ldi shah manzili, 
Tushub shahr ichinda sipah mahmili. 
Chu bu ishni ma’lum etib xosu om, 
Bori Jannatosog‘a aylab xirom, 
Xavosi ko‘rub shohdin iltifot, 
Topib har biri yangi boshdin hayot. 
Avom ollig‘a iltijo aylabon, 
Yiroqtin chekib un, duo aylabon. 
Shah altof ila barchasin shod etib, 
Buzulg‘on ko‘ngullarni obod etib. 
Qilib hukmkim, el qilib iztirob, 
Kishidin tama’ qilmasun rishtatob. 
Birovkim tama’ rishtae qilg‘usi, 
Aning birla bo‘g‘zidin osilg‘usi. 
Berib mulk eli lek moli amon 
Ki, andin topib bahra yaxshi-yamon. 
Raiyat bu bermakka xursand o‘lub, 
Sipohi olurdin barumand o‘lub. 
Birovdin birovga yetishmay g‘ame, 
Kishidin kishi olmayin dirhame. 
Skandar ichib aysh uchun jomi sof, 
Qilur erdi Kashmir mulkin tavof. 
g‘aroyib ko‘rar erdi haddin fuzun 
Ki, sharhi aning so‘zni aylar uzun. 
Bir ul jumladin jome erdi shigarf, 
To‘la maydin andoqki daryoi jarf 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin