Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
199
Ki, Mallu chu solib chiqib mulkini
Qochib qoldi go‘yoki bir xozini. 
Necha tuhfa ganjidin oning olib, 
Chu ul qal’ag‘a azm etib, bu – qolib. 
Hamul tuhfalar bir-biridin g‘arib, 
Hamono Skandarga ermish nasib. 
Alardin biri ul duraxshanda jom, 
Ichinda to‘la bodai la’lfom 
Ki, har nechakim ichsa kam bo‘lmayin, 
Icha olmayin kimsa, xam bo‘lmayin. 
Yozib jom davrida ta’rifini, 
Qilur chog‘da ul jom tasnifini 
Ki, olamni olg‘onda Jamshidshoh 
Kim, ul xusrave erdi hikmatpanoh. 
Necha yil yig‘ib hikmat ahlin tamom, 
Tilism ettilar sa’y etib iki jom. 
Birisin dedi: Jomi Getinamoy
Birisin dedi: Jomi Ishratfizoy. 
Chu Getinamo asru mashhur erur, 
Muni vasf etay ulcha maqdur erur 
Ki, vaz’in tilism aylaganda hakim, 
Bu nav’ aylamish soz tab’i salim. 
Ki, may jozibi bo‘lgay ajzo anga
Tamom o‘lmag‘ay boda aslo anga. 
Necha ichsalar bo‘lg‘ay ul lab-balab, 
Zihi xush tamosho, zihi xush tarab. 
Agarchi necha ichsa o‘ksulmagay, 
Vale egri ham bo‘lsa, to‘kulmagay. 
Aningdekki, may jazbi oning ishi, 
Ola olmag‘ay jazb qilmay kishi. 
May anda hamul kun magar qolmag‘ay 
Ki, olamda maydin asar qolmag‘ay. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
200
Skandarga chun ro‘zi ul jom o‘lub, 
Tuzub majlisu bodaoshom o‘lub. 
Qilib hikmat ahli tamosho ani, 
Ilikdin dame qo‘ymay aslo ani. 
Bo‘lub shahg‘a ul nav’ ishratfizoy 
Ki, yod aylamay Jomi Getinamoy. 
Ketur soqiy, ul jomi yoqutgun 
Ki, el tab’ida ishrat etgay fuzun. 
Necha bodasin ichsa kam bo‘lmag‘ay, 
Muoshirg‘a andin alam bo‘lmag‘ay. 
Mug‘anniy, surude chiqor dilnavoz
Bo‘lub ahli Kashmirdek sehrsoz. 
Agar nag‘ma bas qilmoq etsang havas, 
Hamul jom gum bo‘lmayin qilma bas! 
Navoiy, agar topsang ul nav’ jom, 
Nekim bodadin o‘zga ichsang harom. 
Xitob etgasen Jomi Boqiy ani, 
Vale tutsa gulchehra soqiy ani! 
XXXVI
Hakimi koinot payvand va xoliqi bemislu monand masnuoti tamoshosi aning vujudi isbotig‘a hujjati 
qoti’ va burhoni soti’ ekan bobda nukta surmak va ul sanoe’ning badoe’i jahon kezmakta ko‘prak 
muyassar erkonga ham dalil kelturmak va safar tariqin uch nav’da taqsim qilmoq: avval, soliki 
rahnavard o‘zluk bavodisin qat’ etib, maqsad haramig‘a muhtaram bo‘lmoq; ikkinchi sayyohi 
jahongard talab manozilida boshdin qadam qilib, murshidi komil irshodi bila takmil topmoq; 
uchunchi, xusravi Bahrom nabard sipohi anjum adad chekib jahon mulkin olmoq 
Azal subhikim chekti Fayyozi Jud, 
Bori ofarinishqa naqshi vujud. 
Taharruk topib kilki taqdir anga
Bo‘lub kavn ashkoli tasvir anga. 
Chu ul xomani qildi suratnigor, 
Ajoyib suvar bo‘ldi ko‘p oshkor. 
Ajab yo‘q musavvir esa bir oti 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin