Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
214
Iki raxnadin chun chiqar o‘tu yel, 
Ko‘rar rustaxez ul navohiyda el. 
Yel ul qal’a ahlig‘a andoq yetar 
Ki, har kimgakim tegdi barbod etar. 
Qilur barcha oliy imoratni past, 
Berur bori indur yig‘ochga shikast. 
Yeli qolmoq o‘lmay xayol aylamak, 
Yerur bas xayoli mahol aylamak. 
O‘t ul chohdinkim, bo‘lur shu’lazan, 
Bo‘lur iltihobi aning qal’akan
9

Tutoshur hamul qal’a o‘trusig‘a, 
Ne o‘trusig‘a, burju borusiga. 
Topar shu’ladin toshi ul nav’ tob 
Ki, xalqi bo‘lur ichkari sangkabob. 
Chu ul lavhlarni ushotti hakim, 
Kerak tashqari tursa bir dam vahim. 
Agar yel solib qal’ag‘a rustaxez, 
Yetishti hamul shahrg‘a tundu tez, 
Kirib lavhlar tomg‘a rust aylasun, 
Hamul raxnalarni durust aylasun 
Ki, ul o‘t bila yelga taskin yetar, 
Ikisidin oshubu tug‘yon ketar. 
Bo‘lur ham burung‘i qarori bila, 
Yel oromiyu o‘t sharori bila». 
Filotun bu afsona sharhin bilib, 
Qo‘pub erdi shahdin taahhud qilib. 
Kezib uch kun ul yerda hanjor ila, 
Nishona bitilgan namudor ila. 
Topib erdi ul naqbning boshini, 
Qilurg‘a fusunsoz podoshini. 
Uzotqoch xaloyiq bila shohni, 
Hamul naqb uza chekti bungohni. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
215
Makon aylagach arz naqbini mehr, 
Chiqordi kavokib tilismin sipehr. 
Filotun qilib azm dargohg‘a, 
Tilab xilvat o‘ldi yaqin shohg‘a. 
Bu so‘zni bilib arz qilmog‘ni farz, 
Burundin nihoyatg‘acha qildi arz. 
Shah anglab, bo‘lub hayratoyin anga, 
Dedi aylab ehsonu tahsin anga 
Ki: «Bu ish butarga topildi jihat, 
Ne nav’ emdi dono ko‘rar maslahatg‘» 
Duo aylabon surdi dono maqol 
Ki: «Yey shavkatingg‘a falak poymol! 
Manga ulcha darxo‘rd edi, bo‘ldi rost, 
Saranjom o‘lur bo‘lsa Tengriga xost. 
Bir ish qoldikim, bordur iqbol ishi, 
Bugun muqbil andoqki sen yo‘q kishi. 
Qaviydur ham iqbolu, ham davlating, 
Ham ul ikicha quvvatu himmating. 
Taammulluq ishlarga qildim iloj, 
Sening dastburdungg‘a bor ehtiyoj 
Ki, sindurg‘asen lavhlarni nuxust 
Ki, bu ish saranjom bo‘lg‘ay durust 
Ki, ham shohsen, ham jahon pahlavon, 
Juvonmard o‘zung, davlating navjuvon. 
Budur bandalar xotirig‘a murod 
Ki, sendin bu ish bandi topqay kushod». 
Degach nukta donoyi bisyordon, 
Debon ofarinlar shahi kordon. 
Nihoni necha mahrami roz ila, 
Hamul bixradi chorapardoz ila. 
Ravon rokib etti hamul sori azm 
Ki, bo‘lmish edi naqb donog‘a jazm. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin