Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
221
Kelib qo‘ydilar boshig‘a toji zar,
Libosi zar ustiga zarrin kamar.
Yana uch to‘quz davlat arkonig‘a,
To‘nu jubba birla aning yonig‘a –
Iki yuzga ham deklayu to‘n berib,
Yalang to‘n alarcha yana o‘n berib.
Alarni
chu mundoq sevundurdilar,
Shah ollinda to‘quz yukundurdilar.
Yukungach, tilab shoh Feruzni,
Uzotib kalomi dilafruzni
Dedi: «Chora yo‘q Tengri taqdirig‘a,
Azaldan qazo kilki tahririg‘a.
Jahon ichra bo‘lsun gado, yo‘qsa shoh,
Budur barchaning yo‘li beishtiboh.
Yemas
kimsa shahliqqa yetmak uchun,
Yerur shohu darvesh ketmak uchun.
Kishiga erur garchi ummid umr,
Birovga eshittingmu jovid umrg‘
Jahon uzra kim bo‘ldikim, urdi taxt
Kim, ul chekmadi taxta ustiga raxtg‘
g‘alat ayladim, taxt
uza raxt erur
Ki, taxt ahlig‘a raxt ziynat berur.
Vale taxtag‘a kimki muhtojdur,
Qiyomat elidek yalangg‘ochdur.
O‘kush raxt ila taxt qilg‘on maqom,
Qilur taxta ustida uryon maqom.
Agar men va gar sen va gar Amru Zayd
14
,
Kerakmasdurur rub’i maskunga qayd.
Baharhol
chun ketgulukdur kishi,
Ketar fikri doim kerakdur ishi.
Kishiga amal xirman ar xo‘shadur,
Nekim munda ekti anga to‘shadur.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: