Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
237
Boshim ustiga qo‘ydum oni o‘pub.
Ko‘p erdi
manga xizmati multamas,
Borurg‘a vale topmadim dastras.
Nekim hukmi erdi ibo qilmadim,
Bo‘yun to‘lg‘abon mojaro qilmadim.
Misolini jon birla qildim qabul,
Desun bilganin,
Tengri haqqi, rasul.
Vale asru majruhu ranjur edim,
Dedim uzr, nevchunki ma’zur edim.
Agar shoh uzrum qabul aylasa,
Buzug‘ kishvarimg‘a nuzul aylasa,
Meni
lutf ila aylabon sarbaland,
Xaloyiq aro aylasa arjumand.
Boshim ko‘kka yetgay ul altofdin,
Namudoru oyini a’tofdin.
Quli bo‘lg‘amen tanda jon boricha,
Badan ichra jondin nishon boricha.
Va gar Tengri ko‘rguzmasun, qilsa qahr,
Mayi rifq jomi aro quysa zahr.
Manga
zohir etsa gunahkorliq,
Ne tong qilsa hindu siyahkorliq.
Qabul aylamasga dog‘i qayda had
Ki, hindustoniyda bo‘lmas xirad.
Meni shah so‘zi birla mujrim biling,
Vale siz jamoat shafoat qiling.
Shak ermaski chun mahzi altofdur,
Arig‘ xotiri ko‘zgudek sofdur.
Qachon
tursangiz siz shafoat qilib,
Gunohimdin o‘tgay inoyat qilib».
Bu so‘z birla hindui shirinzabon,
Ne hinduki, hind ahlig‘a marzbon,
Yibordi hamul xayli cholokni,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: