Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
234
Ki, xartumidin Kahkashon ko‘rguzub. 
Ne xartumkim, gurza mori damon, 
Salobatda ajdar hamon, ul hamon
1

Chu jismig‘a har lahza ul aylanib, 
Degil tog‘ aro ajdaho chirmanib. 
Uzub, chirmog‘och solxo‘rda chinor, 
Yiqib, turtgach sidraoso minor. 
Chiqib xartum atrofidin iki tish, 
Alardin falak xaylig‘a sarzanish. 
Ajal naxlig‘a har biri soq o‘lub, 
Sapidorning soqidek oq o‘lub. 
Sifoti «balo»g‘a kelib muttasif, 
«Balo» ichra sabt aylagan lom-alif
2

Ulug‘ jussa birla falakdin misol, 
Bo‘lub ul falak uzra changak hilol. 
Bu yanglig‘ki sharh o‘ldi tobu tavon, 
Solib har biri uzra bargustvon. 
Yeti rang deboyi zarkordin, 
Mukallal qilib durri shahvordin. 
Yana har biri uzra bir turfa taxt, 
Ichinda to‘quz hinduyi nekbaxt
3

Qabul ichra har turfa hole kelib, 
Nazar mardumidin misole kelib. 
Bori zangiyi xoldek mushkrang, 
Bori hinduyi zulfdek sho‘xu shang. 
Borining libosi sorig‘ yo qizil, 
Bahoru xazon aylabon muttasil. 
Hamul pil chunkim xirom aylabon, 
Bular anga uyqu harom aylabon. 
Yana pilcha xingi toziynajod, 
Demay devzodu, deyin devbod. 
Nazarg‘a kelib har to‘quz o‘zga rang, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
235
Ki, ul lutf ila kelmayin ko‘zga rang. 
Namudor aro har biri bir pari, 
Vale devmonand o‘lub paykari. 
Yugurmakta har bir sabodin o‘tub, 
Sabo yo‘qki, raxshi samodin o‘tub. 
Xirom aylagach, narm raftor ham, 
Yurush barchag‘a tezu hamvor ham. 
Har ablaqki, raftor aro gom olib, 
Zamon ablaqi ko‘z yetarcha qolib. 
Har ashhabki, ko‘kka boqib kishnabon, 
Quyosh ashhabi tobidek ishnabon. 
Kejim har to‘quzg‘a yana o‘zga rang, 
Jalojillari barcha zarrina rang. 
Minib ustiga hinduyi nayzavar, 
Zarogin qabo, balki zarrin kamar. 
Bo‘lub chunki yakronig‘a jilvadeh, 
Sinoni bila yerdin olib zireh. 
Zuhalrang o‘lub, lek Bahromkin, 
Zamiri aro barcha hangom kin
4

Quloqlarida halqai bandaliq, 
Topib o‘zcha oltung‘a arzandaliq. 
Yana bu adad birla xarvor raxt, 
Tangib tanglar charxkirdor raxt. 
Nazokatda har hullai bemisol, 
Bo‘la olmayin pardapo‘shi xayol. 
Bo‘la olmayin kiysa mastur tan, 
Namudor o‘lub o‘n qotidin badan. 
Yana bu adad birla oltun zuruf, 
Quyoshdek furuzon, vale bekusuf. 
Surohiyu tungu qadah birla jom, 
Safou namoyishda xurshidfom. 
Yana oncha to‘tiyi shakkarshikan, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin