Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
251
Gunahdin tilar chog‘da Haqdin amon,
O‘zungni alarning biri qil gumon.
Nekim o‘z qoshingda erur noravo,
Ulusqa ani ko‘rma aslo ravo.
Chekar chog‘da mujrim itobig‘a til,
Haq ollida jurmungni yod aylagil.
Yomong‘a
jazo gar siyosatdurur,
Muruvvat – tariqi rayosatdurur.
Ani qatl aylardakim joni bor,
Hayal ayla, onchaki imkoni bor.
Necha qatlg‘a kimsa shoistadur,
Qasosida ta’xir boistadur.
Etar bo‘lsa filhol o‘lumdin gazand,
Abas bo‘ldi, bas hibsu zindonu band.
Bugun kimsa zindonda bo‘lsa ne bok,
Bo‘lur chun ani tongla qilmoq halok.
Taammulsiz o‘lsa
bugun begunoh,
Sanga holini tongla bilganda, oh!
O‘zungni gar o‘ltursang ul dam ne sud,
Boshing kessang ilging bilan ham ne sudg‘
Nedin solg‘asen
kimsaga bir maraz
Ki, topmas davo bo‘lsa joning evazg‘
Ne qilmoqdurur bir imoratni past
Ki, mumkin emas butmak, o‘lg‘och shikast.
Ani ko‘rkim,
ul zori mazlum ano,
Necha ko‘rdi hifzida ranju ano
1
.
Ul uyg‘onmasun deb, yebon qayg‘usin,
Harom ayladi kechalar uyqusin.
O‘tuz-qirq yil davra aylab sipehr,
Anga ko‘rguzub tarbiyat ichra mehr.
Tushub ul dog‘i charx davronig‘a,
Kirib qarndin so‘ng kishi sonig‘a.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: