Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
242
Degaysenki, o‘lganga yetti hayot. 
Hamul xaylni solibon ilgari, 
Ravon bo‘ldi shoh ostoni sari. 
Yana tuhfalar burnog‘idin shigarf 
Ki, vasfig‘a qilmay vafo savtu harf. 
O‘ziga hamul elni hodi qilib, 
Hidoyat bila qat’i vodi qilib. 
Alar dog‘i rahbarlig‘ aylab anga, 
Bori yo‘l suxanvarlig‘ aylab anga. 
Shahi komron vasfini soz etib, 
Bu qilmay tamom, ul bir og‘oz etib. 
Debon fayzu naf’ini xurshidvor, 
Ani zarradek aylab ummidvor. 
Debon bo‘yla so‘zlarni hamrohig‘a, 
Qadam qo‘ydilar shah dargohig‘a. 
Ravon berdilar shahg‘a ogohlig‘ 
Ki, Roy etmish ul elga hamrohlig‘. 
Yana hukmi oliyg‘a bo‘ldi sudur 
Ki: «Bersun bilik ahli majlisqa nur». 
Alar Hind Royin olib kirdilar 
Ki, bu hukmg‘a muntazir erdilar. 
Kafan egnidau qilich bo‘ynida, 
Yana mavt piroyasi qo‘ynida. 
Ani ko‘rgach-o‘q ayladi man’ shoh 
Ki, ul qilmamish erdi oncha gunoh. 
Ki, kelgay bu yanglig‘ mazallat bila, 
Bu baskim, kelur ahli millat bila. 
Nechukkim, muruvvat anga erdi fan, 
Dedi, oldilar tig‘ birla kafan. 
Keturdilar aylab base ehtirom, 
Anga tegrukim shohi oliy maqom. 
Shah e’zoz ila arjumand ayladi, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
243
Quchushmoq bila sarbaland ayladi. 
Qilib shohning poybo‘sig‘a mayl, 
Nechukkim, tushar tog‘ ayog‘ig‘a sel, 
Yuqorroq chekib shoh ikrom ila, 
Quchub shohni Roy ham kom ila. 
Yonib chun quchardin bo‘lub ko‘ngli xush, 
Keturganlarni aylabon peshkash. 
Shah aylab qabul, anga yer ko‘rguzub, 
Mulukona qonunu oyin tuzub. 
Nekim vahm edi ko‘nglidin qildi raf’, 
Zamiridin andeshani qildi daf’. 
Yana ul suruk zumrai dinni ham, 
Dog‘i zumrai hikmatoyinni ham, 
Burung‘idek aylab rioyat base, 
Niyoz uzra qildi inoyat base. 
Takallum qilib shah base jonnavoz, 
Demay jonnavoz, ayt mehmonnavoz. 
Bori Hind elin o‘yla sayd ayladi 
Ki, tori vafo birla qayd ayladi. 
Muloyim chiqib bazm haddin fuzun, 
Tasalsul bo‘lub nuktalarga uzun. 
Shah altofini chun ko‘rub beqiyos, 
Qo‘pub Royi hind ayladi iltimos 
Ki: «Aylab karam shohi gardunnahib, 
Bu kishvarga ruxsoridin bersa zeb. 
Tavaqquf qilib munda bir necha oy, 
Qilib Hind tufrog‘ini charxsoy. 
Bu kishvardakim ko‘p g‘aroyibdurur, 
Demay, ko‘pki, koni ajoyibdurur. 
Ajab beshau bul’ajab vahshu tayr, 
Farog‘at bila necha kun qilsa sayr. 
Yetibdur yaqin g‘olibo qish dog‘i, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin