Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
239
Ki, bushquncha xud yetmadi yo‘lda ranj.
Burun shahg‘a barcha duo qildilar,
Yana Roy so‘zin ado qildilar.
Qilib
shoh izhori sharmandaliq,
Mashoyixqa aylab sarafkandaliq.
Dedi: «Har ne siz etsangiz iltimos,
Yerur farz tutmoq nafas bizga pos.
Sizing shahg‘a garchi gunah oz erur,
Sunufi inoyatqa mumtoz erur.
Agar jurmu isyoni ko‘p bo‘lsa ham,
Ko‘rub ajzini aylar erdim karam.
Xususan sizingdek kiromand el,
Xiradparvaru pokpayvand el.
Kelib bo‘lg‘asiz qilg‘onig‘a shafe’,
Ne qilg‘ay bajuz afv royi rafe’g‘
Gunohi
xud oz erdi, ko‘b bo‘lsa ham,
Siyosat tariqig‘a jo‘b bo‘lsa ham,
Bilib kechtim ul barchaning boshidin,
Ilik torttim kinu podoshidin.
O‘ziga inoyatni jazm aylasun,
Qo‘pub borgah sori azm aylasun.
Ishiga
chekay mulk birla tiroz,
Boshin toj ila aylayin sarfaroz.
Sariri yuzin kishvaroroy etay.
Livosi tirozin falaksoy etay.
Yana chunki siz xayli farruxjamol,
Ki, bo‘ldum sizing birla farxundafol.
Qadam ranja aylab buyon yettingiz,
Meni xushdilu bahramand ettingiz.
Sizing ranjingiz uzrini qo‘lg‘amen
Ki, andin o‘zim mubtahij bo‘lg‘amen.
Ne kishvarg‘a
bir shoh kirgan zamon,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: