Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
240
Qadimiy erur rasmi moli amon. 
Ani qilmasunlar bu eldin talab 
Ki, el topmag‘ay bermagidin taab. 
Yana Roy xizmatg‘a chun yetgusi, 
Bu kishvar xirojin qabul etgusi. 
Xaloyiq boshidan olib ehtiyoj, 
Maof ayladuk iki yilliq xiroj». 
Bu yanglig‘ karamlar chu ko‘rguzdi shoh, 
Ul el bo‘ldilar lutfidin xokiroh. 
Ul axloqi behaddu g‘oyat ko‘rub, 
Yana baxshishi benihoyat ko‘rub, 
Aning shukrin ayturg‘a lol o‘ldilar, 
Duo derda oshuftahol o‘ldilar. 
Chu bir yo‘li yuzlandi mufrit surur, 
Yaqin erdi jon tandin o‘lg‘ay nufur. 
Ne nav’ o‘lsa o‘zlarni zabt aylabon, 
Duo sori oyini rabt aylabon 
Dedilarki: «To doyir o‘lg‘ay sipehr, 
Sipehr uzra to aylag‘ay sayr mehr, 
Sipehr uzra bo‘lsun sanga taxtgoh, 
Quyosh girdbolishtidin takyagoh. 
Falak bo‘lmasun sendek ogohsiz, 
Jahon bo‘lmasun sen kibi shohsiz. 
Musaxxar bo‘lub barcha olam sanga, 
Yeti kishvar o‘lsun musallam sanga. 
Yuzung aylasun baxt mehri samo, 
Zamiringni mir’oti getinamo. 
Janobingg‘a kelganda behol eduk, 
So‘z ayturda qo‘rqunchdin lol eduk. 
Seni o‘zga shahlardek ettuk gumon, 
Deduk o‘zga shahlar hamon, sen hamon. 
Ne bildukki, bo‘lsa alar tiyra xok, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
241
Seni Tengri xalq aylamish nuri pok. 
Seni shohlar ichra qilmish Iloh, 
Aningdekki, soyir ulus ichra shoh. 
Ko‘rub senda bu nav’ xulqi karim, 
Ko‘nul ichra ne vahm qoldi, ne bim. 
Birovdekki, gulni o‘t etgan gumon, 
Isidin tirilgay yetishgan zamon. 
Chu toptuq janobingg‘a mansubluq, 
Fuzun bo‘ldi hayratqa mag‘lubluq. 
Qililg‘och ishingda tafakkur fuzun, 
Tahayyurg‘a bo‘ldi tahayyur fuzun. 
Ko‘ruldi sifotingki mastur emas 
Kim, ul nav’ insong‘a maqdur emas. 
Vujudung Haq etmish maloyiksifot 
Ki, sensiz dame bo‘lmasun koinot. 
Seni bo‘yla bilsa edi Royi hind, 
Kelib qilmag‘ay erdi parvoyi hind. 
Ijozat agar bo‘lsa kelturmaki, 
Yuzin ostoningg‘a yetkurmaki. 
Borib afvu lutfung bayon aylali, 
Hazin xotirin shodmon aylali. 
Ani tortali qullug‘ungg‘a yovuq, 
Ko‘zin xoki poyingdin etsun yoruq». 
Dedi shahki: «Sizga nekim bo‘lsa kom, 
Manga kom erur, andin o‘zga harom». 
Duo qildilar ul jamoat qo‘pub, 
Yana yo‘lg‘a yuz urdilar yer o‘pub. 
Yetib Royi hind ollig‘a shodmon, 
Ani ham qilib shod yetgan zamon. 
Berib borcha holatdin ogohliq, 
Tilab azm qilmoqqa hamrohliq. 
O‘ziga topib Roy mundoq najot, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin