Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
246
Aningdekki, sunbul qaranful sori. 
Shajar har biri yetkurub ko‘kka bosh, 
Bo‘lub barglar ichra pinhon quyosh. 
Quyosh barg aro ul sifat munzavi 
Ki, tufroqqa soya aro partavi. 
Chinor andakim panja aylab xizob, 
Bo‘lub, o‘ylakim panjai oftob. 
Falakkim yetib javzi bo‘yo anga, 
Bosh aylanmog‘i soldi go‘yo anga. 
Shajarkim bo‘lub javzi bo‘yo yeri, 
Kelib shoxig‘a dorchiniy tiri. 
Chu zaytun bo‘lub charx ila muttasil, 
Bo‘lub charx zaytuni andin xijil. 
Qayu naxlkim, shoxi ko‘ktin oshib, 
Anga tok shoxi chiqib chirmoshib. 
Uzum xo‘shasi birla ahli rasad, 
Sipehr uzra Parvin ko‘rub beadad. 
Hamul tokkim, bo‘ldi shox uzra band, 
Solib sidra shoxig‘a pechon kamand. 
Anga yormonib xo‘shaduzdi xayol, 
Sipehr uzra chiqmog‘ni ko‘rmay mahol. 
Xazon ichra chun bargi asfar sochib, 
Falak har sori yuz ming axtar sochib. 
Bu ashjor uchida har jins tayr, 
Bo‘lub toyir o‘lg‘onda afloksayr. 
Dema tayr charx uzra soyir bo‘lub 
Ki, har tayr bir Nasri Toyir bo‘lub. 
Suruk turfa to‘tii dilkashnavo 
Ki, har yon tutub besha ichra havo. 
Qo‘nub qay shajar uzra axzar qilib, 
Ne axzarki, Xizri payambar qilib. 
Bo‘lub bargsiz naxl noju kibi, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
247
Ne nojuki, bu charxi minu kibi. 
Dema charxi minuki, gulbun misol, 
Gul ul xaylkim, ko‘rguzub rangi ol. 
Qizil xaylining rangi gulnor o‘lub, 
Anga shu’lai nor minqor o‘lub. 
Qizil, yoshil aylab chu har yon hujum, 
Yasalg‘on kibi aylabon rangi mum. 
Yana shoraki nuktago‘ xayl-xayl, 
Qilib hind elidek takallumga mayl. 
Qilib lavha kimson bila zevari, 
Aningdekki, hinduyi bozigari. 
Dema lavhakim, lavhai zarnigor, 
Qilib zarvaraq birla afsarnigor. 
Qayonkim kiromanda madfun kelib, 
Kim oni ko‘rub, zoru maftun kelib. 
Javak atlas aylab o‘ziga libos, 
Kiyib bo‘rk o‘rnida boshig‘a tos. 
Xiromanda tovusi zebo jamol, 
Malak xaylidin zohir aylab misol. 
Qilib jilva har yon, vale masti noz, 
Surohi kibi mastu gardanfaroz. 
Surohi kelib lojuvardiynishon, 
Qilib oni zarhal bila shustmon. 
Tazarvi xiromanda, durroj ham, 
Qilib hush naqdini toroj ham. 
Bo‘lub chun tazarv aylabon mayli sarv, 
Bu guldasta mili, mutallo – tazarv. 
Chu tovus o‘lub shoxi oliynishin, 
Bo‘lub sidra shoxida Ruhul-Amin. 
Yeri sabza birla zumurradnishon, 
Anga charxi mino zabarjadfishon. 
Shimolida bu beshaning rudi Sind
8



Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin