Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
262
Va lekin mening birla Doro aro,
Ish erdi salohu madoro aro.
Yo‘q ulkim, manga g‘olib o‘lg‘ay edi,
Xiroju kesim tolib o‘lg‘ay edi.
Agar sen dog‘i
qilsang andoq suluk
Ki, bir-bir bila aylagaylar muluk,
Tuzub ikimiz vahdat asbobini,
Faroz aylali shiddat abvobini.
Va gar
bermas ersang bu ishga rizo,
Ko‘ray har ne ollimg‘a yozmish qazo.
Bu erdi so‘zum, emdi ham budurur,
O‘zung deki, bu so‘z yomonmudururg‘
Hamul so‘zdin inkor yo‘qtur manga,
Yana nav’ guftor yo‘qtur manga.
Bu dam dog‘i yonsang bo‘lub sulhjo‘y,
Manga dog‘i sulh uzradur guftugo‘y.
Va gar kin ishida g‘ulu aylasang,
Adovat uza guftugo‘ aylasang.
Mening dog‘i bu ishta yo‘q kamlig‘im,
Masof amrida nofarohamlig‘im.
Cherik onchadurkim, aning soni yo‘q,
Yaroq onchakim, aning imkoni yo‘q.
Ayolu
vatan uzra to joni bor,
Kishi harb etar toki imkoni bor.
Vale iki shah zohir etganda kin,
Zafar qay taraf bo‘lmoq ermas yaqin.
Qayon fath bo‘lmoq chu ma’lum emas,
Jabin uzra ul harf marqum emas.
Kishi razmdin necha bo‘lsa yiroq,
Yerur hazm oyinida yaxshiroq»
4
.
Suxanvar chu sharh ayladi barcha so‘z,
Javob istayu, tikti tufroqqa ko‘z.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: