Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
278
Bo‘lub tav’ ila bandai farmon sanga,
Meningdek base xonu xoqon sanga.
Bu ne lutfu pokiza tiynat bo‘lur,
Bu ne xulqu ehsonu himmat bo‘lur.
Bu himmatki bermish sanga beniyoz,
Yerur shahlig‘ingg‘a jahon mulki oz.
Demon loyiqing iki olam edi
Ki, o‘n bo‘lsa erdi dog‘i kam edi.
Bu
altofkim sen ayon aylading,
Meni shukrida notavon aylading.
Kaloming ayon aylagan mas’ala,
Yeshitmakka yo‘qtur manga havsala.
Vale chun deding oshnolig‘ so‘zi,
Aroda o‘g‘ulluq, atoliq so‘zi.
Gumonimda yo‘q erdi bu ehtirom
Ki, qilg‘ung meni bo‘yla oliy maqom.
Yaromas sanga garchi mendek ato,
Vale men bu so‘zni demakdur xato.
Guhar zotig‘a ne kam o‘lgay sharaf,
Bukim bo‘lg‘ay oning atosi sadaf.
Bu ehsoninga garchi loyiq emon,
Sadaf birla dur holidin yo‘q demon.
Va lek o‘zga so‘zlarki
qilding bayon,
Alardin qil ushmuncha chog‘liq ayon
Ki, fosh etmagil elga bu rozni,
Bu kelmakdin anjomu og‘ozni.
Rasulona aylab manga iltifot,
Bukun asrabon, shom bo‘lg‘ach uzot.
Yelingga degilkim: «Bu kelgan rasul,
Yarashdin,– dedi,– so‘zu qildim qabul».
Tong otqach rasule yubor qoshima
Ki, solsun sharaf soyasi boshima.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: