LII
Xoqonning Iskandar uchun ziyofat asbobin tuzgani va ani Chinga elturga iltimos ko‘rguzgoni va ul
shohona bazmu oyin vaz’i vasfida xomai nodiranigor durfishonliq qilmoq va ul tuhaf va navodir
tazyini ta’rifida tab’i balog‘atshior gavharposhliq ko‘rguzmak va peshkashlari te’dodida to‘quz falak
avroqin xomag‘a raqamzad qilmoq va bazmi dilkashlari sharhida sekiz bihisht riyozin aql ko‘ziga rad
qilmoq
Bu debo uza paykaroroi Chin,
Bu nav’ ayladi naqshi deboi Chin
Ki, chun Chin sari bo‘ldi Xoqong‘a azm,
Mubaddal bo‘lub bazm ila kinu razm.
Yeli ko‘nglidin ketti ranju taab,
Bular o‘rnig‘a keldi ayshu tarab.
O‘zi tushti Chin shahrig‘a shodmon,
Kirib qasri davlatg‘a tushgan zamon.
Talab qildi arkoni davlatni bot,
Julus amri etti qilib iltifot.
Dedikim: «Bu shohi falakihtishom
Ki, olam yuzin fath qilmish tamom.
Jahon shahlarin aylamish bandasi,
Zabardastlar bo‘lmish afkandasi.
Kamand ulki gardung‘a band aylamish,
Bu oni asiri kamand aylamish.
Qachon bizga bor erdi xud bu gumon
Ki, bo‘lg‘ay bu altof ila mehmon.
Kelib tarki qatlu masof aylagay,
Bizing birla ko‘nglini sof aylagay.
Qilib ulcha imkoni bor ehtirom,
Manga taxti ustida bergay maqom.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
293
Meni ham atoliqqa qilg‘ay qabul,
Ham o‘lg‘ay shafiqim, nechukkim o‘g‘ul.
Bilursizki, gar qilsa erdi nabard,
Ulusdin chiqorur edi ko‘kka gard.
Sanam zulfidek aylabon toru mor,
Qo‘porur edi borchamizdan damor.
Bu lutfeki ul oshkor ayladi
Ki, ehson tariqin shior ayladi.
Bu majma’ ichinda yig‘ilg‘on anga,
Yerur borcha ozod qilg‘on anga.
Men altofidin oncha sharmandamen
Ki, garchi ato der, vale bandamen.
Qilurdin anga xizmati dilpazir,
Xud ermasdurur hech yanglig‘ guzir.
Bu ishning salohi nedur, fikr eting,
Qoshimda chu fikr ettingiz, zikr etingg‘»
Bu so‘zlar degach shohi Chinu Xo‘tan
1
,
Duosig‘a til chektilar anjuman.
Dedilarki: «Har nuktakim surdi shoh,
Yerur muttafiq borcha xaylu sipoh.
Bu shoheki bor emdi mehmonimiz,
Gar ollida bo‘lsa fido jonimiz.
Anga ulcha oyini e’zozdur,
Muni desa bo‘lg‘ay – hanuz ozdur.
Ne mulku sipahg‘a sen etsang raqam,
Bilurlar aning bermagin mug‘tanam.
Va lek ulcha sen o‘zing etkung yaroq,
Bilursen sen oni o‘zing yaxshiroq.
Nekim himmatingg‘a tamannodurur
Bizing himmat andin muarrodurur.
Qachonkim qiron aylasa nayyirayn,
Ko‘runurmu zarrot aro tushsa shayn?
2
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |