Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
308
Yemakdin bo‘lub ojiz ul notavon. 
Anga sen yedurmak uchun so‘z bila, 
Tikib ko‘zki, oni yebon ko‘z bila. 
Aning ollig‘a har tabaqkim yetib, 
Hamul osh ta’mini ta’rif etib. 
Borin ul yesun deb, bu avsof erur, 
Bu bedod qilmoq ne insof erurg‘ 
Uyung shayx Luqmon mazori emas, 
Seni kimsa ul buq’a shayxi demas. 
Xudo molig‘a qilmoq isrof neg‘ 
Junun ahlidek muncha itlof neg‘ 
Ki, Haq garchi debdur: «Kulu vashrabu», 
Vale ham demishturki: «Lo tusrifu»
4

Ne qilmish bu mehmonki, o‘lturgasen, 
Anga yolborib zahr yedurgaseng‘ 
Ne bir zahr, har luqma bir zahri nob, 
Vale luqmag‘a kimsa topmay hisob. 
Bu yanglig‘ ziyofat base shum erur, 
Xirad ahli ollinda mazmum erur. 
Yana bir bukim, har qachon keldi zayf, 
Anga qilg‘asen bermayin tu’ma hayf. 
Musofir ichin kuydurub ishtiho, 
Vale yo‘q sening buxlunga intiho. 
Ravo ko‘rmaging anga mahrumluq, 
Yerur burnog‘idin batar shumluq. 
Budur da’bkim yaxshidur, gar yomon 
Ki, bo‘lg‘ay sening xoninga mehmon. 
Burun lutf birla tarabnok qil
5

Ne isrof qilg‘il, ne imsok qil. 
Yemakka anga har ne darxo‘r esa, 
Sanga dog‘i nekim muyassar esa. 
Ochuq yuz bila chek aning qoshig‘a, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
309
Vale istama muzd podoshig‘a. 
Ishingga solib «Akramuz-zayfa» nur, 
Tutub mar’i oyini «Xayrul-umur»
6

Ziyofat bu nav’ o‘lsa oyin sanga, 
Kerak mizbonliqda tahsin sanga, 
Bu yanglig‘ kishi mizbon kamdurur, 
Agar bo‘lsa donoi olamdurur. 
LIV
Bahromi Go‘r hikoyatikim, uch olachuq eliga mehmon bo‘ldi, ikisi ifrot va tafrit ko‘rguzub, muxotab 
va mat’un bo‘ldilar va birisi adolat tariqidin Qorun 
Erur naqlkim, shoh Bahromi go‘r
1

Magar sayd uchun surdi bir kun sutur. 
Ul ov ichra tushti sipahdin yiroq, 
Ani bir qulon soldi eldin qiroq. 
Chopib erdi ko‘p shohi sahronavard, 
Iki-uch olochuq aro yetti fard. 
Shahi dashtpaymo base och edi, 
Bag‘oyat yemaklikka muhtoj edi. 
Ul uylar qoshida edi bir daraxt, 
Tushub soyag‘a shohi farxunda baxt. 
Dedi ul xaloyiqqa tushgan zamon, 
Ki: «Sizga erurmen bu dam mehmon. 
Bo‘lung mohazar birla mehmonnavoz 
Ki, andin navo topqay ahli niyoz». 
Ul uch uy elidin biri dun edi, 
Agarchi tamavvulda Qorun edi. 
Nekim shah dedi, qilmadi iltifot, 
Yana birga isrof erdi sifot. 
Qazon osturub, qildi qo‘ylar qatil 
Ki, molin ziyofatqa qilg‘ay sabil. 
Solib ju’ mehmon dimog‘ig‘a dud, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin