Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
307
Xirad oni anglarda nodon erur.
Muvoso ko‘zin har taraf ochsa keng,
Hamul ko‘z bila borchani ko‘rsa teng.
Quyoshdekki ko‘rguzsa ruxsorini,
Solur teng jahon uzra anvorini.
Agar qasri zarrin erur,
gar buzuq,
Barobar qilur partavidin yoruq.
Yo‘q ul sham’dekkim furuzandadur,
Chu parvonag‘a yetti – so‘zandadur.
Ne tong gar aning fe’li podoshiga,
Yetar har zamon tig‘ aning boshig‘a.
Bulutdek saxoliq kerak mizbon,
Ki tengdur
anga marz ila marzbon
3
.
Qachonkim sochar durri ehsonini,
Jahon sho‘razoru gulistonini.
Saxo yomg‘uri birla serob etar,
Ne serob, g‘arqi duri nob etar.
Yo‘q andoqki, yelkim erur xokro‘b,
Qachon dasht aro bo‘lsa xoshokro‘b.
Qilur yer yuzin xoru xasdin xalo,
Tamomin chuqurlarg‘a aylar to‘lo.
Bu af’olidin
qilmish oni qadar,
Sabuksoru sargashtau darbadar.
Sangakim erur bazl qilmoqqa tav’,
Muni anglakim ul erur necha nav’,
Bir ulkim kishi bo‘lsa mehmon sanga,
Qilib seli isrof tug‘yon sanga.
Yo‘q oyini izzatfizolig‘ uchun
Ki, shuhrat bila xudnamolig‘ uchun.
Birov ollig‘a xon chu kelturgasen,
Kishi bir, vale o‘n qo‘y o‘lturgasen,
Payopay
asopqurni aylab ravon,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: