www.ziyouz.com
kutubxonasi
302
Bori o‘lturur elga hukm etti shoh
Ki, yerlik yerin qilg‘ay oromgoh.
Sukun topib avval kulahdorlar,
Alardin quyiroq sipahdorlar,
Yaqinroq tutub hikmat ahli julus,
Filotun, Arastuyu Farfunyus
14
.
Chu qasr o‘ldi jannat kibi bequsur,
Xud erdi muhayyo sharoban tahur.
Chu ma’kuldin tab’ topti farah,
Ko‘ngul ayladi mayli chini qadah.
Ravon qo‘pti bir sho‘xi chinisirisht,
Malohat aro rashki huri bihisht.
O‘zi ichti yoquti ahmar suyi,
Vale shohg‘a tutti kavsar suyi.
Ravon ichti doroi davron dog‘i,
Ne doroi davronki, Xoqon dog‘i.
Chu evruldi uch-to‘rt davri nishot,
Padid o‘ldi el ko‘ngliga inbisot.
Qadah soldi ahbob mag‘zig‘a sho‘r,
Hijobu hayo raf’i kelturdi zo‘r.
g‘ino ahli haryon navo tuzdilar,
Navosozlig‘ rasmi ko‘rguzdilar.
Qilib jilva har soqiyi mahjabin,
Sochib anbarin zulfidin mushki Chin.
Bo‘lub hushu fahm ahlig‘a guftugo‘y,
May olg‘onga hushin tushub hoy-huy.
Iki shoh bir-birga aylab niyoz,
Takallum qilib har biri dilnavoz.
Bu oning qoshida qulog‘in tutub,
Munung ul o‘parg‘a oyog‘in tutub.
Bu aylab aning sadqasi mulki Chin,
Ul aylab munga sadqa ro‘yi zamin.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
303
Yo‘q ulkim iki shahg‘a bu rasmi xos,
Har ikiga bir-bir bila ixtisos.
Chu ichmak ulus rasmu royi bo‘lub,
Gazak borcha xoni Xitoyi bo‘lub.
Olib charx atboqi har dam sabaq,
Ne yanglig‘ bo‘lurni tabaq-bartabaq.
Yashil xonlaru qursi limu bari,
Kavokib bila charxi minu bari.
Bo‘lub o‘yla bazmeki, charxi baland,
Bo‘lub ziynatu zebidin bahramand.
Yemakka ulus mayli bo‘lg‘onda fosh,
Gazak o‘rtadin chiqti, tortildi osh.
Qayu oshkim, yer yuzini xon tutub,
Vale xonni ne’mat yuz alvon tutub.
Ne dey, ulcha ul xon qiyosi edi
Ki, to‘quz ming otning uchosi edi.
Yana qo‘yg‘a yo‘q erdi haddu hisob
Ki, yuz ming desam bo‘lg‘ay ul intixob.
Munga loyiq angla ushoq oshini
Ki, ko‘rmak uyurdi falak boshini.
Chu tortildi bu nav’ behad taom
Ki, topti tamattu’ bori xosu om.
Ravon taxtdin tushti Xoqoni Chin,
Qo‘pub taxt uza shohi masnadnishin.
Tavoze’ bila Chin shahi turdi xush,
Shah ollig‘a so‘zlatg‘ali peshkash.
Hisobin bitib shah sari kettilar,
Hamul davlat arkoni arz ettilar.
Chu arz o‘ldi, Xoqon yukundi ravon,
Yukundi yana xusravi navjavon.
To‘quz-to‘quz o‘tkardilar borini,
Aningdekki aylabmen izhorini.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |