Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
297
Ko‘runur yuzi ko‘zgu ichra buzuq,
Uzun, yo‘qsa, yoypong, kichik yo uluq.
Chu biynanda bu nuktag‘a topti pay,
Bo‘lub xushdil, aylar ravon tarki may
7
.
Ko‘rub ul buzug‘lug‘ni nazzoragar,
Bo‘lur o‘z buzug‘ holig‘a choragar.
Yana lu’bate,
bal jahon ofati,
Jahon ofati yo‘qki, jon ofati.
Xitoyi hasab, sho‘xi chiniynajod
8
,
Jamolig‘a huru pari xonazod.
Iki banda husniga huru pari,
Va lekin qochib har biri bir sari.
Xito mulkida zulfi g‘avg‘o solib,
Ko‘zi Chin diyorida yag‘mo solib.
Iki chini zulfayni mushkin tanob,
Anga Chin ichinda sepib mushki nob.
Qaro
qoshi mushkin hilole kelib,
Hilol andin oshuftahole kelib,
Ani charx aylarda mushkin hilol,
Tomib nuqtaekim – bo‘lub oti xol.
Uzori uza iki qiymoch ko‘z,
Ulus qonini ichgali ochko‘z
Kim, ul ochliq aylab oni zaif,
Uzolib yotib xastalardek nahif.
Quyoshdek anga davr ruxsor o‘lub,
Og‘iz nuqtasidin namudor o‘lub.
Chu pargor uchi
davrin aylab kashon,
Padid o‘lg‘ucha nuqta topmay nishon.
Zanax tavqi lekin yana nimdavr
Ki, andin bori davr ahlig‘a javr.
Zaqan chohi ul davraning nuqtasi,
Tushub choh aro ahli davron base
9
.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: