Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
313
Bo‘lub erdi osoyishi jon anga.
Qachon taxt anga bo‘lsa oromgoh
Ki, o‘z dodin istar edi dodxoh
Tutar erdi ul ko‘zguni ro‘baro‘,
Qilib hukm oyinai rostgo‘.
Bu
holatda hayrat yengib shohni,
Yana ul suruki donishogohni.
Qachonkim tuzub bazmi shohona ham,
Arog‘a solib ko‘zguni yona ham.
Hamul fe’lini oshkor aylabon
Ki, badmastni sharmsor aylabon.
Shah andoq bo‘lub erdi maftun anga
Ki, hayratda yo‘q erdi qonun anga.
Chu ko‘p soldi fikrat aro hayrati,
Bu vodiy sori chekti bosh fikrati.
Ki: «Bu
bir tilismedurur turfasoz,
Yosog‘on bilib hikmat ahli bu roz.
Meni dog‘i doroi charxi baland,
Chu hikmat bila aylamish bahramand.
Yana xidmatimda necha yuz hakim,
Borining so‘zi poku royi salim.
Bilik bobida har biri olame,
Falak rozi ashkolig‘a mahrame.
Bu ko‘zguki solimni tuz ko‘rguzur,
Menga anda yuz fikr yuz ko‘rguzur.
Nedin men dog‘i ahli hikmat bila,
Borib
chora keyniga himmat bila,
Taammul qilib, g‘avrig‘a yetmayin,
Tilism andin ortug‘ padid etmayin».
Tilab donish ahlini eldin nuhuft,
Bu ma’nida ko‘p qildi guftu shunuft.
Duolar qilib muttafiq ul guruh,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: