Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
329
Ki, ko‘z ravshan aylar ayog‘i izi.
Kanizikim ul bo‘lsa hindinajod,
Ne hindinajod, ayt kashmirzod.
Ne loyiqki,
oni anis aylagay,
Takalluf yuzidin jalis aylagay».
Dedi shahki: «Yey xasta jon ofati!
Demay xasta jonkim, jahon ofati!
Kinoyat tariqini bir dam unut,
Qilib rahm, bedod tarkini tut.
Manga Ravshanak ta’nini qilma ko‘p,
Ul ishta ko‘zungga meni ilma ko‘p.
Meni anda ma’zur tutsang bo‘lur,
Zamiringni masrur tutsang bo‘lur
Ki,
vojibdurur ehtiromi aning,
Nedinkim, biyikdur maqomi aning.
Yerur Bahmaniy tojning gavhari,
Yana Kayqubodiy sipehr axtari».
Dedi makr ila sho‘xi shirinzabon
Ki: «Yey yeti kishvar uza marzbon!
Bu so‘zning
muhabbatqa ne daxli bor
Ki, ishq ichra shahliqqa yo‘q e’tibor.
Jamolu malohat ko‘ngul komidur,
Uzun turra taqvo qushi domidur.
Nasab birla bo‘lsa anga shohliq,
Hasab birla yetmish manga mohliq.
Aning toji kishvarga bo‘lsa xiroj,
Mening ollima bosh qo‘yar ahli toj.
Anga faxr nisbatda Jamshiddin,
Manga or husn ichra xurshiddin.
Anga mulk agar bo‘lsa farmonpazir,
Manga zor erur yuz tuman mulkgir.
Agar
ul xirad birla afsonadur,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: